• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
Til
  • English
  • Русский
  • O'zbekcha
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet
    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    KIUT Shop
    Talabalar uyushmasi
    Kafedralar
    Bo'limlar
  • Dasturlar
    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    Muhandislik maktabi
    Biznes va moliya maktabi
    Taʼlim maktabi
    Sanʼat maktabi
    Tibbiyot maktabi
  • Qabul
    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    Qabul Toshkent shahri
    Qabul Namangan shahri
    Qabul Samarqand shahri
    MBA AlmaU
  • Tadqiqot
    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    Doktorantura
    Innovatsion markaz
    Ilmiy jurnallar
    Ilmiy boʻlim
  • Filiallar
    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

“Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi

“Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi 2021 yil (Toshkent shaxridagi YODJU texnika instituti) hozirgi Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining  “Ijtimoiy-gumanitrar kafedrasi” tarkibdan ajralib chiqqan. Dotsent Nasiba Xolyigitova Xabibullaevana  kafedraning dastlabki rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra  bugungi kunda “Ta’lim” maktabi tarkibiy tuzilmasi sifatida faoliyat olib bormoqda va quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga  mos ravishda zamonaviy pedagogika va psixologiya fan tamoqlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi: 
­bakalavriat – maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, maxsus pedagogika (Dfektologiya) va Kores filologiyasi; 
­magistratura- boshlang‘ich ta’lim (ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi) va maktabgacha ta’lim (ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi).

“Pedagogika va Psixologiya” kafedrasining maqsad va vazifalari:
Maqsadi: Respublikadmizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim  muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchi va pedagog-tarbiyachilarning kasbiy kreativligi hamda nazariy-amaliy uslubiy bilim, ko‘nikma va malaka kompetensiyalarini rivojlantirish.
Vazifasi: Boshlang‘ich va  maktabgacha ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitishning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:

  • tahsil olayotgan talabalarning o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha sifatli ta’lim olishlari uchun yetarli o‘quv -uslubiy baza yaratish;
  • zamonaviy metodikalarga asoslangan ta’lim dasturlari  milliy o‘quv dasturi asosida tashkil etishga qaratilgan metodikalarni ishlab chiqish;
  • yo‘nalish talabalarining tarbiyaviy ish sohasini mukammal egallashlariga alohida e’tibor qaratish va bu boradagi ishlarni rejali amalga oshirish;
  • ta’lim samaradorligini oshirishda professor-o‘qituvchilar tomonidan seminar – trening hamda interfaol dars turlarini doimiy ravishda tashkil etish.
  • pedagogika  va psixologiya fanining zamonaviy konsepsiyani yaratish;
  • kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha multimediali o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish va ta’lim amaliyotiga tatbiq etish;
  • kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha reyting nazoratini tashkil etishning elektron mexanizmini optimallashtirishkafedrada o‘qitiladigan fanlardan elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalarning yangi avlodini yaratish;
  • kafedra professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali amalga oshirishlari uchun fundamental va amaliy loyihalarni jalb etish;

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Kafedra professor-o‘qituvchilari kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalarida bo‘lajak kasblariga muhabbat uyg‘otish, ularga milliy vatanparvarlik g‘oyasini singdirish, ularning bilim darajasini yanada ko‘tarishga amaliy yordam berish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ta’lim jarayonini sifat va samaradorligini oshirish yo‘lida tinmay izlanish olib boradilar, ilg‘or metodikalarni dars jarayonida qo‘llaydilar quyidagi o`quv fanlaridan dars olib borishadi

Kafedrada ilmiy-tadqiqot va hamkorlik faoliyati
Kafedrada ilmiy-tadqiqot va hamkorlik faoliyati ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, 2 nafar mustaqil izlanuvchi boshlang‘ich ta’limni takomillashtirish ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Respublikamizda tanilgan 300-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi, “VOSIQ International School and Kindergarten”, “Leader School” bilan samarali hamkorlik olib bormoqda. 

Kafedraning ichki raqami: ( 220 )

Xolyigitova Nasiba Xabibullayevna
Xolyigitova Nasiba Xabibullayevna
Kafedra Mudiri

2020 yildan Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti “Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyati: 19.00.05– Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “O‘quvchilardagi kasb motivlari barqarorligiga guruhiy jipslikning ta’siri” mavzusida himoya qilgan. N.X.Xolyigitova tomonidan 100 dan ortiq ish e’lon qilingan. shulardan 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma (hammualliflikda), 4 ta uslubiy qo‘llanma, 18 ta ilmiy maqola va 69 ta xalqaro va respublika konferensiyalaridagi maqola va tezislaridir.

Shirinov Muzaffar Kucharovich
Shirinov Muzaffar Kucharovich
Professor

2021 yildan Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritadi. Pedagogika fanlari boo‘yicha falsafa doktori (PhD). Ilmiy faoliyati – 13.00.02- Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi. Kafedrada “INTRODUCTION TO THE THEORY OF”, THE THEORY OF GENERAL PEDAGOGY, THE HISTORY OF GENERAL PEDAGOGY, METHODS OF NATURAL SCIENCES AND THEIR TEACHING fanlaridan dars beradi. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talablari uchun “Umumiy pedagogogika” darsligi va “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi” darsliklar muallifi. Xorjiy va mahalliy OAK jurnallarida 30 ortiq ilmiy maqollar muallifi.

Turayeva Dilafruz Rustamboyevna
Turayeva Dilafruz Rustamboyevna
Professor

2021 yildan Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritadi. Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Ilmiy faoliyati: 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. Kafedrada “BASICS OF PSYCHOLOGY”, “GENERAL PSYCHOLOGY”, “PSYCHOLOGY AND PSYCHODIAGNOSTICS OF CHILDREN”, “PEDAGOGICAL COMPETENCE” fanlaridan dars beradi. “Boshlang‘ich ta’lim” hamda “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talablari uchun “Umumiy psixologiya” darsligi va Psixologiya yo’nalishlari talabalari uchun “Etnopsixologiya” va “Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya” nomli о‘quv qо‘llanmalar muallifi. Xorjiy va mahalliy OAK jurnallarida 50 ortiq ilmiy maqollar muallifi.

Salmanova Tamila Xikmatovna
Salmanova Tamila Xikmatovna
O'qituvchi

2021 yildan Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida katta o`qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. Bakalavr talabalari uchun "Umumiy psixologiya 1", "Maktabgacha ta'lim nazariyasiga kirish", "Umumiy pedagogika tarixi", "Ijodiy pedagogika", "Oilaviy pedagogika", "Umumiy pedagogika", "Boshlang'ich ta'lim nazariyasiga kirish" fanlari bo'yicha ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar olib boradi. Ilmiy faoliyati: 19.00.06-yosh va pedagogik psixologiya yo'nalishi bo'yicha psixologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori darajasiga da'vogar. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan, shu jumladan kasbga yo'naltirish bo'yicha "kasblar professiogrammasi" qo'llanmasi uchun patent olgan. 2021 yilda UzMUda malaka oshirishgan.

Avezova Rohila Ro’zimboyevna
Avezova Rohila Ro’zimboyevna
Katta o'qituvchi

2020 yildan Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti “ Pedagogika va Psixologiya” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyati: 2022 yildan “Innovatsion ta’lim muhitini rivojlantirishda bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining boshqaruv kompetentligini takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun universitetda mustaqil tadqiqotchi sifatida faoliyat olib boradi. 13.00.07 – Та’limda menejment. 10 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

Akramov Mirmuxsin Rustamovich
Akramov Mirmuxsin Rustamovich
O'qituvchi

2024 yildan Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti “Pedagogika va Psixologiya” kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritadi. Psixologiya fanlari doktori (DSc). Ilmiy faoliyati: 19.00.05- Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. “Shaxsda ekologik ong shakllanishining psixologik mexanizmlari”. Kafedrada “Ijtimoiy psixologiya” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha “Ommaviy axborot vositalari psixologiyasi”, “Shaxs psixologiyasi” fanlaridan ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar olib boradi. 30 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

Пўлат Эргашев
Пўлат Эргашев

1981 йил Тошкент шаҳрида туғилган. Тощкент давлат педагогика университетида «Педагогика ва психология» факультетини (2003), «Психология» йўналиши бўйича магистрлик дастурини (2005) тамомлаган. Педагогик фаолиятни 2005 йил Тощкент давлат педагогика университетида бошлаган. 2008 йил психология фанлари номзоди илмий даражаси учун ёзилган диссертация ҳимоясини амалга оширган. 2012 йилдан доцент илмий унвонига эга. 2018 йилда психология фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертацияни ҳимоя қилган. 2005-2018 йилларда Тощкент давлат педагогика университетида педагогик фаолият билан шуғулланган, 2018-2020 йилларда Ўзбекистон Халқаро ислом академияси «Дин психологияси ва педагогика» кафедрасида фаолият кўрсатган. 2020 йилдан ҳозирга қадар Ал-Беруний Халқаро мактабида бош психолог лавозимини эгаллаб келмоқда. 170 дан ортиқ илмий нашрларга эга. Москва давлат университетида малака ошириш курсини ўтаган (ЎзР Президенти ҳузуридаги «Истеъдод» жамғармаси гранти асосида).

Fayruza Solihdjanovna Ismagilova
Fayruza Solihdjanovna Ismagilova

1977 yil - Moskva davlat universiteti. M.V.Lomonosov, Psixologiya fakulteti, mutaxassisligi - psixolog, psixologiya o'qituvchisi. 1987 yil - Jdanov nomidagi Leningrad davlat universiteti (Sankt-Peterburg), psixologiya fakulteti -190.00.07 - tarbiya va rivojlanish psixologiyasi mutaxassisligi bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.. 2000 yil – Moskva davlat universitetida doktorantura va doktorlik dissertatsiyasi himoyasi. M.V.Lomonosov, Psixologiya fakulteti 2001 yil - professor unvoni (Umumiy psixologiya va shaxsiyat psixologiyasi). 2023-yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi akademiyasida ish boshlagan (2023-yil yanvar-avgust) 2020 - hozir - Changing Societies & Personalities (SCOPUS, WoS) jurnali tahririyat kengashi a'zosi; Inson resurslari tizimlari (SCOPUS, WoS) jurnalining mehmon sharhlovchisi; EMAN 2021-2024 Iqtisodiyot va menejment boʻyicha xalqaro ilmiy konferensiya ilmiy qoʻmitasi aʼzosi; 2005-2020 - Kafedra professori B.N. Yeltsin nomidagi Ural Federal universitetining Ijtimoiy-siyosiy fanlar instituti (keyinchalik - Ural gumanitar instituti) psixologiyasi (Ekaterinburg, Rossiya Federatsiyasi), "Ilmiy tadqiqotlarning akademik standartlari", "Xulq-atvor iqtisodiyoti" kurslarining muallifi va o'qituvchisi. ” UGI UrFU xalqaro magistratura dasturi uchun (ingliz tilida). Mehmon prof. & mehmon tadqiqotchisi UPMF (Grenobl, Fransiya), COGNOS (Germaniya), Lyublyana universiteti, Maribor universiteti (Sloveniya); Psixologiya fanlari bo'yicha doktorlik dissertatsiya kengashlari raisining o'rinbosari va a'zosi (Ural Federal universiteti, Janubiy Ural davlat universiteti); 8 ta ilmiy grant sohibi. Grantlar: Rossiya gumanitar fondi, Rossiya fundamental tadqiqotlar fondi, Delphi, Soros, Sloveniya ilmiy agentligi; Indeksdagi 18 ta nashr muallifi. nashrlar (SCOPUS, WoS), shu jumladan. hammuallifda Frantsiya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Sloveniya tadqiqotchilari bilan. 1998-2005 yillar - Ural viloyati korxonalari uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo'yicha Prezident dasturining psixologi, Inson resurslarini boshqarish bo'limi boshlig'i, Ural texnika universitetining Rossiya-Frantsiya MBA dasturi (USTU-UPI - UPMF Grenoble) biznes maktabi direktori

Maratov Temur
Maratov Temur

2021 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. O‘zbekiston xalqaro islom akadmiyasida Psixologiya (din psixologiyasi) bo‘yicha bakalavr va va magistr darajasi, 2020-2023 yillarda 19.00.07 - Din psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant. Bir qancha ilmiy maqolalar muallifi. "Ijtimoiy va huquqiy хаtаr guruhiga kiruvchi yoshlarda ijtimoiy_psixologik immunitetning ta'sirchan mexanizmlarini yaratish" mavzusidagi innovatsion loyihada ishtirok etgan.

Kalanxodjayeva Shafoat
Kalanxodjayeva Shafoat

1996 yilda Toshkentda tug'ilgan. 2020 yilda Toshkent kimyo-texnologiya universitetining "organik kimyo" fakultetini, 2022 yilda Moskva davlat universitetining magistrlik dasturini tamomlagan. Lomonosov tomonidan. Pedagogik faoliyatini 2022 yilda Toshkent xalqaro KIMYO universitetida boshlagan.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Toshkent
Kimyo
Xalqaro
Universiteti

© 2018 - 2025 KIUT.
Barcha huquqlar himoyalangan

Dars jadvallari Intranet Intranet (Sirtqi taʼlim) Kutubxona E-pochta Talabalar baholari Talabalarning davomati Davomat
100121 Toshkent, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy
+998 78 129 40 40
info@kiut.uz

Bizni kuzatib boring