• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
Til
  • English
  • Русский
  • O'zbekcha
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet
    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    KIUT Shop
    Talabalar uyushmasi
    Kafedralar
    Bo'limlar
  • Dasturlar
    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    Muhandislik maktabi
    Biznes va moliya maktabi
    Taʼlim maktabi
    Sanʼat maktabi
    Tibbiyot maktabi
  • Qabul
    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    Qabul Toshkent shahri
    Qabul Namangan shahri
    Qabul Samarqand shahri
    MBA AlmaU
  • Tadqiqot
    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    Doktorantura
    Innovatsion markaz
    Ilmiy jurnallar
    Ilmiy boʻlim
  • Filiallar
    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

Rus tili kafedrasi

Rus tili kafedrasi rektorning 2019-yildagi 63-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan bo‘lib, Toshkent xalqaro Kimyo universitetining asosiy o‘quv va ilmiy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Rus tili kafedrasining asosiy maqsadi - universitet talabalarini o'qitish sifatini oshirish va mutaxassislar tayyorlashning uslubiy ta'minotini takomillashtirishdir.
Kafedraning vazifasi - rus madaniyatini chuqur anglash, shuningdek, adabiy rus tilini ham, kundalik hayotda qo'llaniladigan zamonaviy tilni ham o'rgatish orqali yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir. Yuqoridagilarga muvofiq, o'quv dasturi rus tilini o'rganishning nazariy va amaliy jihatlarini o'z ichiga oladi.
Kafedra missiyasi - ta'lim standartlariga muvofiq chuqur nazariy va amaliy bilim va vakolatlarga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha o'quv, o'quv-uslubiy va ilmiy ishlarni sifatli darajada tashkil etish va amalga oshirish, kafedra profilidagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishdan iborat.
Kafedrada "Rus tili", "Rus tili chet tili sifatida", "Ritorika" fanlari o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladigan guruhlarda o'qitiladi. Darslar 1, 2, 3 kurslarda ish dasturi (sillabus) asosida tasdiqlangan jadval bo'yicha amaliy mashg'ulotlar shaklida amalga oshiriladi. Kafedra o'qituvchilari Moodle platformasida joylashtirilgan o'quv materiallarini tayyorlaydilar. Talabalarning faoliyati turli xil an'anaviy va muqobil baholash vositalari orqali tahlil qilinadi.
Kafedra mahalliy va xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, masalan, Moskva pedagogika davlat universiteti (MPDU), Rossiya xalqlar do'stligi universiteti (RUDN), Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, (RSU), Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi (RFMM), Rossiya madaniyat markazi (RMM). Har yili hamkorlik doirasida rus tilini o'qitish metodikasi bo'yicha ilmiy seminarlar, treninglar, uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar o'tkaziladi.
Rus tili kafedrasi katta ilmiy salohiyatga ega va zamonaviy o'quv jarayonining dolzarb muammolarini hal qilishga qodir bo'lgan ijodiy jamoadir. Kafedra professor-o'qituvchilari rus, o'zbek va xorijiy adabiyoti yozuvchilari va shoirlarining badiiy adabiyotlarini o'qishga jalb etish, ularning kasbiy faoliyatida og'zaki nutq ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida ijodini o'rganish bo'yicha talabalar bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlar olib bormoqda.

Berdiyeva Mukarrama Anvarovna
Berdiyeva Mukarrama Anvarovna
Kafedra Mudiri

1987 yilda Moskva davlat pedagogika universitetini imtiyozli diplom bilan bitirgan (Moskva, Rossiya). 2019 yildan Toshkent xalqaro Kimyo universitetida ish boshladi. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, professor. 37 yillik pedagogik tajribaga ega. 2009 yilda "Rus tili yordamida yurist talabalarining kasbiy kompetentsiyasini shakllantirish" mavzusida dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi (Og'zaki nutq materiallari asosida). 2018 yilda oliy o'quv yurtida o'tkazilgan "Yilning eng yaxshi kuratori" tanlovida g'olib bo'ldi. 2019 yildan Toshkent xalqaro Kimyo universitetining «Rus tili» kafedrasini boshqaradi. 2021 yilda "Do'stlik"davlat ordeni bilan mukofotlangan. 2023 yilda professor ilmiy unvoni berildi. 3 ta darslik, 1 ta monografiya, 7 ta o'quv qo'llanma va ilmiy maqolalar muallifi. Shuningdek, "Education Human Life" ilmiy jurnalining bosh muharriri hisoblanadi. 2024-yil avgustda Polshaning Varshava shahridagi WSB Merito Universitetida «Universitetlarda turli fanlarni o‘qitishda zamonaviy ta'lim texnologiyalari» dasturi doirasida malaka oshirish kursini tamomladi. Ilmiy qiziqishlari: Linguistika nazariyasi va amaliyoti. Rus tilining rivojlanish tarixi. Leksikologiya. Nutq madaniyati. Etnolingvistika. Rus tilini chet tili sifatida o'rganishning zamonaviy tendensiyalari. Ilmiy yo‘nalish: Rus tilini o'qitish metodikasi (13.00.02) Tel: 78 129 40 40 (149) Mob.: +998 90 955 59 22

Axmedov Ismail Rizayevich
Axmedov Ismail Rizayevich
Professor

2024-yil sentabridan boshlab, Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Rus tili kafedrasining professori sifatida ish boshladi. Pedagogika fanlari doktori, professor. Darsliklar, monografiya, o'quv qo'llanmalari va 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 1980 yilda «Shuhratli mehnat» medali bilan taqdirlangan, 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasining «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan. Ilmiy qiziqishlari: Rus va xorij adabiyoti tarixi. Ilmiy yo‘nalish: Rus lingvodidaktikasi 13.00.01. 13.00.02. Tel:78 129 40 40 (149) Mob: +998 99 816 41 10

Sodiqov Rustam Mansurovich
Sodiqov Rustam Mansurovich
Dotsent

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2024 yil sentyabr oyidan boshlab "Rus tili" kafedrasida ishlaydi. 2022 yilda "Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining lingvometodik kompetentsiyalarini shakllantirish metodikasi" mavzusida dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qildi va pedagogika bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi. 2022 yildan dotsent vazifasini bajaruvchi hisoblanadi. Oktyabr oyida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ilmiy kengashida R. M. Sodiqovni rus tili kafedrasi dotsenti lavozimiga o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilindi. R. M. Sodiqov o'zining pedagogik amaliyotida u o'zini mas'uliyatli xodim va yuqori darajadagi mutaxassis sifatida namoyon qiladi. Ko'plab xalqaro maqolalarga ega, shu jumladan respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etadi. 2023-yilda "Qozon (Volga mintaqasi) federal universiteti"da malaka oshirish kursidan o‘tgan. Ilmiy qiziqishlari: Tilshunoslik. Tilshunoslik nazariyasi va amaliyoti. Rus tilini o'qitish metodikasi. Rus tilining rivojlanish tarixi. Rus tilini chet tili sifatida o'rganishning zamonaviy tendentsiyalari. Ilmiy yo‘nalish: Rus tilini o'qitish metodikasi (13.00.02) Теl:78 129 40 40 (149) Моb.: +998 903462349

Mirzayeva Elmira Tagirovna
Mirzayeva Elmira Tagirovna
Katta o'qituvchi

2019-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Rus tili kafedrasining Dotsent v.b. Faoliyati davomida bitta “Ruscha-o‘zbekcha-inglizcha-koreyscha frazeologik lug‘at”, ikkita “Rus maqol va matallari bo‘yicha mashqlar to‘plami” va “Rus tilidan amaliy mashg‘ulot” darsliklari nashr etilgan. Ko‘plab ilmiy maqola va tezislar muallifi. Imiy qiziqishlari: Rus tilini chet tili sifatida o'qitish metodikasi (RFL). Ilmiy yo‘nalish: Chet tili sifatida rus tili darslarida nutqiy faoliyatni o'zlashtirish. Tel: 78 129 40 40 (149) Mob:+ 998 91 192 96 46

Kambarova Dilfuza Muxamajanovna
Kambarova Dilfuza Muxamajanovna
Katta o'qituvchi

2019-yildan boshlab, Toshkent Kimyo хalqaro universiteti Rus tili kafedrasining katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Namangan davlat pedagogika universitetining "Rus tili va adabiyoti" yo‘nalishi bo‘yicha diplomga ega. Bir nechta ilmiy maqolalar va tezislarning muallifidir. Hozirda "Rus va o‘zbek frazeologizmlarining taqqosiy tahlili shaxsning axloqiy va ma’naviy fazilatlarini tavsiflash vositasi sifatida" mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy qiziqishlari: Umumiy tilshunoslik, rus tili grammatikasi, frazeologiya; rus va o‘zbek frazeologizmlarining taqqosiy tahlili shaxsning axloqiy va ma’naviy fazilatlarini tavsiflash vositasi sifatida. Ilmiy yo‘nalish: Rus tilini o‘qitish metodikasi (13.00.02) Tel:78 129 40 40 (149) Mob: +998 97 996 69 71

Yakubova Feruza Askarovna
Yakubova Feruza Askarovna
Katta o'qituvchi

2020-yildan boshlab, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Rus tili kafedrasining katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining «Rus tili milliy guruhlarda» yo‘nalishi bo‘yicha diplomga ega. Hozirda «Rus tilini o‘qitishda “Eduteynment” texnologiyasi orqali universitet talabalarining professional kompetensiyalarini shakllantirish» mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Rus tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha 20 dan ortiq ilmiy maqola nashr etilgan. «Grammatika bo‘yicha Eduteynmentning o‘yin usullari» nomli o‘quv-metodik qo‘llanmaning muallifidir. Ilmiy qiziqishlari: Umumiy tilshunoslik, rus tili grammatikasi, psixologiya, universitet talabalarini tayyorlashda o‘yin usullari orqali o‘qitish metodlari. Ilmiy yo‘nalish: Rus tilini o‘qitish metodikasi (13.00.02) Tel:78 129 40 40 (149) Mob: +998 97 782 06 32

Abdullayeva Gulchehra Merjalilovna
Abdullayeva Gulchehra Merjalilovna
Katta o'qituvchi

2018-yildan boshlab Toshkent Kimyo Xalqaro universitetidagi “Rus tili” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining "Rus tili va adabiyoti" yo‘nalishi bo‘yicha diplomga ega. Bir nechta ilmiy maqolalar va tezislarning muallifidir hamda "Rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda zamonaviy lingvodidaktik texnologiyalari" mavzusida IRNITU Xalqaro yozgi maktabida malaka oshirishgan. (Irkutsk, Rossiya Federatsiyasi). Ilmiy qiziqishlari: Rus tili grammatikasi, milliy guruhlarda rus tilini o‘qitishning zamonaviy metodikasida maxsus dasturlarni ishlab chiqish va qo‘llash. Ilmiy yo‘nalish: Fililogiya fanlari 10.00.00 Tel:78 129 40 40 (149) Mob: +998 90 113 22 42

Ro'zmetova Nargiza Ahmedovna
Ro'zmetova Nargiza Ahmedovna
Katta o'qituvchi

2022 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshladi. 2024-yil iyul oyida “Rus tilini chet tili sifatida o’qitishga zamonaviy lingvodidatik texnologiyalar” rus tili o’qituvchilari malakasini oshirish xalqaro yozgi maktabda malaka oshirishni tamomladi. Toshkent davlat pedagogika universitetining “rus tili va adabiyot oqituvchisi” mutaxassisligi bo’yicha bakalavr diplomga ega. Bir qancha monografiya va ilmiy maqolalar muallifi. “Nolingvistik universitetlarda rus tili darslarida raqamlarni o‘rganishning etimologik jihatlari”, “Rus tilini o‘zbek tilida so‘zlashuvchi auditoriyada chet tili sifatida o‘qitish metodikasi (audiolingual metod asosida)” mavzularida ilmiy maqolalar muallifi. "Rus tilini o'qitishda lingvistik modellashtirish strategiyalari va ularning o'quvchilarning shaxsiyatini shakllantirishdagi roli" Ilmiy qiziqishlari: Rus tili grammatikasi; 20-asr rus adabiyoti Ilmiy yo‘nalish: AKTdan foydalangan holda rus tilini o'rgatish Tel: 78 129 40 40 (149) Mob.: +998 90 974 38 37

Babajanova Tatyana Baltabaevna
Babajanova Tatyana Baltabaevna
Katta o'qituvchi

2018 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida pedagogik faoliyatini boshladi. 2022 yilda rus tili bo‘yicha davlat testidan o‘tdi va «Uchinchi (TRKI-III/C1)» sertifikatini oldi. 2024 yilda INRTU xalqaro yozgi maktabida (Rossiya, Irkutsk) “Rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda zamonaviy lingvodidaktik texnologiyalar” malaka oshirish diplomini oldi. U ilmiy tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy maqolalar muallifidir. Ilmiy qiziqishlari: XIX-XX asrlar chet el va rus adabiyoti, rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodologiyasi. Ilmiy yo‘nalish: Rus tili Теl:78 129 40 40 (149) Mob.: +998 93 504 99 29

Djurabayeva Mahigul Djurayevna
Djurabayeva Mahigul Djurayevna
Katta o'qituvchi

2018-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. Ko‘plab xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar muallifi. COURSERA platformasida turli fanlar bo'yicha 70 ta sertifikatlar egasi. 2023 yilda rus tilidan C1 sertifikatini oldi. U ko'plab konferentsiyalarda faol ishtirok etdi. U "Amaliy psixolog" mutaxassisligi bo'yicha kasbiy qayta tayyorlash diplomiga, "Oila psixologi" qo'shimcha mutaxassisligiga ega. INRTU xalqaro yozgi maktabida “Rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda zamonaviy lingvodidaktik texnologiyalar” malaka oshirish diplomini oldi. (Rossiya, Irkutsk) Ilmiy qiziqishlari: Rus tili, ingliz tili va adabiyoti. Nutq madaniyati va notiqlik san`ati. Etika amaliy falsafa sifatida. Ilmiy yo‘nalish: Filologiya fanlari 10.00.00 Теl:78 129 40 40 (149) Мob: +998 946189836

Sechina Elena Mixaylovna
Sechina Elena Mixaylovna
Katta o'qituvchi

2020 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Rus tili kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ish boshladi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Rus tili va adabiyoti” fakultetining bakalavr, shuningdek, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Ona tili (rus tili)” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura darajasiga ega. Xalqaro va mahalliy nashrlarda chop etilgan bir qancha ilmiy maqola va tezislar muallifi. Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda doimiy ravishda qatnashib keladi. U "Amaliy psixolog" mutaxassisligi bo'yicha kasbiy qayta tayyorlash diplomiga, "Oila psixologi" qo'shimcha mutaxassisligiga ega. INRTU xalqaro yozgi maktabida (Rossiya, Irkutsk) “Rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda zamonaviy lingvodidaktik texnologiyalar” malaka oshirish diplomini oldi. Ilmiy qiziqishlari: Rus tili va adabiyoti, Zamonaviy rus adabiy tili, 19-asr rus adabiyoti, Rus tili chet tili sifatida, Psixolingvistika, Sotsialingvistika, Lingvokulturologiya. Ilmiy yo‘nalish: Filologiya fanlari 10.00.00 Теl:78 129 40 40 (149) Mob:+998 93 564 19 23

Asadova Dilrabo Shavkatovna
Asadova Dilrabo Shavkatovna
O'qituvchi

2022 yildan Toshkent xalqaro Kimyo universitetida ishlamoqda. O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida «Filologiya, “Rus tili” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga va shu universitetda «Lingvistika, rus tili» yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasiga ega. Xalqaro va mahalliy nashrlarda chop etilgan bir qancha ilmiy maqola va tezislar muallifi. Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda doimiy ravishda qatnashib keladi. Rus tilini chet tili sifatida o‘rganish bo‘yicha C1 darajasidagi sertifikatga ega. U kafedra va universitet faoliyatida faol ishtirok etmoqda. Ilmiy qiziqishlari: rus tili grammatikasi, leksikologiya, reklama matnlarida frazeologiya. "Reklama matnlarini ishlatishning lingvodidaktik asoslarini o‘rgatish metodikasi (rus tili materiali asosida)" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda. Ilmiy yo‘nalish: Rus tilini o‘qitish metodikasi (13.00.02) Теl:78 129 40 40 (149) Mob: +99891 448 56 54

Amonova Gulnoza G'ulom qizi
Amonova Gulnoza G'ulom qizi
O'qituvchi

2022 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ish boshladi. 2023 yilda Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga " Oliy o'quv yurtlari talabalariga rus tilini o'qitishda orfografik kompetentsiyalarni shakllantirishning lingvometodik asoslari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini olish uchun o'qitish va tarbiya nazariyasi va metodikasi bo'yicha hujjatlarni taqdim etdi. O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining "Filologiya, rus tili" yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasiga, shuningdek, O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining rus tili pedagogisi mutaxassisligi bo'yicha magistr darajasiga ega. U bir nechta ilmiy maqolalar muallifi. O'zbekistonda C2 rus tilini bilish bo'yicha xalqaro sertifikat oldi. Ilmiy qiziqishlari: Tilshunoslik, Adabiyotshunoslik, Qiyosiy lingvistika, zamonaviy ta'limga interaktiv texnologiyalarni joriy etish, Ilmiy yo'nalishi: Qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik10.00.06. Теl:78 129 40 40 (149) Mob: +998 90 929 47 54

Click to link to download - include a link to the PDF!

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Toshkent
Kimyo
Xalqaro
Universiteti

© 2018 - 2025 KIUT.
Barcha huquqlar himoyalangan

Dars jadvallari Intranet Intranet (Sirtqi taʼlim) Kutubxona E-pochta Talabalar baholari Talabalarning davomati Davomat
100121 Toshkent, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy
+998 78 129 40 40
info@kiut.uz

Bizni kuzatib boring