• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
Til
  • English
  • Русский
  • O'zbekcha
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet
    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    KIUT Shop
    Talabalar uyushmasi
    Kafedralar
    Bo'limlar
  • Dasturlar
    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    Muhandislik maktabi
    Biznes va moliya maktabi
    Taʼlim maktabi
    Sanʼat maktabi
    Tibbiyot maktabi
  • Qabul
    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    Qabul Toshkent shahri
    Qabul Namangan shahri
    Qabul Samarqand shahri
    MBA AlmaU
  • Tadqiqot
    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    Doktorantura
    Innovatsion markaz
    Ilmiy jurnallar
    Ilmiy boʻlim
  • Filiallar
    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

TIBBIY BIOLOGIK FАNLАR KАFEDRАSI 

Bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida ilm-fan kashfiyotlari, shu jumladan tibbiy-biologik fanlarda yangi biotibbiy texnologiyalar va tadqiqotlarda erishilgan yutuqlar tibbiyotning fan va faoliyat shakli sifatidagi qiyofasini tubdan oʼzgarmoqda. 

Tibbiy bilimlar va tibbiy faoliyatning maqsadi - inson hayotini saqlab qolish hamda sogʼlom boʼlishga koʼmaklashishdir. Shifokor mahorati uning kasallik etiologiyasi va patogenezini nechogʼli yaxshi oʼzlashtirgani, tashxis qoʼyish va davolash metodlarining samaradorligi bilangina emas, bemor bilan muloqotga kirisha olish, unga maslahat berish, bemorning shifo topishiga boʼlgan umidini soʼndirmaslik, unga yangi umid bera olish mahorati bilan ham oʼlchanadi. Inson toʼgʼrisidagi fan tibbiy-biologik fan yoʼnalishlari bilangina cheklanib qolmasdan, ijtimoiy-gumanitar bilimlar hamda maʼnaviy yuksaklikni ham nazarda tutadi, shuning uchun shifokorning axloqi bilan bogʼliq masala tibbiy faoliyatning ajralmas qismidir. 

Insoniyat taraqqiyotida salomatlik masalasining globalizatsiyasi, boshqa tomondan biotibbiy tadqiqotlardagi muvaffaqiyatlar bugungi kunda tibbiyotning fan va faoliyat shakli sifatidagi qiyofasini tubdan oʼzgartirdi, uning tarkibidagi qadriyatlar tizimiga yanada koʼproq urgʼu berila boshlandi. Bugungi kun shifokori bola tugʼilishi, inson hayoti va oʼlimi, inson xulq-atvoriga taʼsir koʼrsata oladigan vositalarga ega shaxsdir. Shifokorning xatti-harakatlari demografiya, iqtisod, huquq va maʼnaviyatga taʼsir eta oladi. Zamonaviy meditsinaning axloqiy talablari kundan kun koʼproq ahamiyat kasb etib bormoqda. Tibbiyot xodimining professional kompetentligini shakllantirish oʼz ichiga tibbiy bilimlarni oshirishga hamda maxsus bilim va koʼnikmalarni egallashga jadal harakat qilish (tibbiy xizmat sifati olingan taʼlim va bilimdan ortiq boʼla olmaydi) nazarda tutadi. 

Kafedraning maqsadi – “General medicine” va “Dentistry” yoʼnalishlarida tahsil olayotgan talabalarga tibbiyotning poydevori hisoblangan fundamental fanlar boʼyicha zamonaviy va innovatsion yondoshuvlarni qoʼllagan holda taʼlim jarayonini tashkil etish. Shu bilan birga, kafedra professor oʼqituvchilari tomonidan oʼtkaziladigan har bir maʼruza va amaliy mashgʼulotlarni talab darajasida va ilgʼor pedagogik texnologiyalarni qoʼllash orqali yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash. 

Kafedraning vazifalari: 

  • Oʼquv rejalarida belgilangan maʼruza, amaliy mashgʼulot, laboratoriya va boshqa turdagi mashgʼulotlarni nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada oʼtkazish; 
  • Talabalarning malakaviy amaliyoti, loyihalar, ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish; 
  • Kafedra fanlari boʼyicha sillabuslarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda oʼquv jarayoniga joriy qilish.
  • Taʼlim jarayoni sifatini oshirish maqsadida darslik, oʼquv qoʼllanma, uslubiy va metodik koʼrmatmalarni tayyorlash;
  • Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va iqtidorli talabalarni jalb etish, hamda olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishini faollashtirish; 
  • Professor-oʼqituvchilarning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini taʼminlash; 
  • Taʼlim, davolash va ilmiy faoliyat boʼyicha Respublika muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish.
Raxmatova Muqaddas Xoltaevna
Raxmatova Muqaddas Xoltaevna
Kafedra Mudiri

Tibbiyot fanlari doktori. Mutaxassisligi – morfolog. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishi - gistologiya. Ilmiy faoliyati: ingichka ichak immun tizimi morfologiyasi. Ilmiy ishlari: 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 1 ta darslik, 1 ta monografiya va 2 ta oʼquv uslubiy qoʼllanmalar muallifi. Malaka oshirish: Oʼzbekiston.

Madjidov Аlisher Shavkatovich
Madjidov Аlisher Shavkatovich
Katta o'qituvchi

1992 – 1998 yy. Toshkent Davlat texnika universitetida sistemotexnika muhandisligi mutaxassis darajasi.

Bekchanova Maxfuza Rustamovna
Bekchanova Maxfuza Rustamovna
O'qituvchi

Mutaxassisligi – gematologiya va transfuziologiya. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishi – terapiya. Ilmiy ishlari: 10 ta maqola va tezislar muallifi.

Bobomuratova Dilfuza Panjievna
Bobomuratova Dilfuza Panjievna
O'qituvchi

Mutaxassisligi – Lingvistika( ingliz va frantsuz tillari). Ilmiy faoliyati: tibbiy terminologiya va uning ingliz va lotin tillaridagi tibbiy tekstlarda ishlatilishi. Ilmiy ishlari: 1 ta oʼquv qoʼllanma va 12 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.

Raxmatova Sevara Аzamat qizi
Raxmatova Sevara Аzamat qizi
O'qituvchi

Mutaxassisligi - stomatologiya. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari – bolalar stomatologiyasi. Ilmiy ishlari: 6 ta maqola va tezislar muallifi.

Safarova Mavluda Jamolovna
Safarova Mavluda Jamolovna
O'qituvchi

Mutaxassisligi – stomatolog. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari – ortopedik stomatologiya. Ilmiy ishlari: 4 ta maqola va tezislar muallifi.

Hoshimov Аbrorjon Аzimjon oʼgʼli
Hoshimov Аbrorjon Аzimjon oʼgʼli
O'qituvchi

Mutaxassisligi – Kimyo(noorganik, analitik va nodir metallar kimyosi). Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari -kimyogar tadqiqotchi, pedagog. Ilmiy ishlari: 3 ta maqola va tezislar muallifi.

Nazarova Maftuna Mirsaidovna
Nazarova Maftuna Mirsaidovna
O'qituvchi

Mutaxassisligi – davolash ishi. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari - sud tibbiyot eksperti. Ilmiy ishlari: Ilmiy ishlari: 8 ta maqola va tezislar muallifi.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Toshkent
Kimyo
Xalqaro
Universiteti

© 2018 - 2025 KIUT.
Barcha huquqlar himoyalangan

Dars jadvallari Intranet Intranet (Sirtqi taʼlim) Kutubxona E-pochta Talabalar baholari Talabalarning davomati Davomat
100121 Toshkent, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy
+998 78 129 40 40
info@kiut.uz

Bizni kuzatib boring