• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
Til
  • English
  • Русский
  • O'zbekcha
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet
    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    KIUT Shop
    Talabalar uyushmasi
    Kafedralar
    Bo'limlar
  • Dasturlar
    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    Muhandislik maktabi
    Biznes va moliya maktabi
    Taʼlim maktabi
    Sanʼat maktabi
    Tibbiyot maktabi
  • Qabul
    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    Qabul Toshkent shahri
    Qabul Namangan shahri
    Qabul Samarqand shahri
    MBA AlmaU
  • Tadqiqot
    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    Doktorantura
    Innovatsion markaz
    Ilmiy jurnallar
    Ilmiy boʻlim
  • Filiallar
    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

"TIBBIY FUNDAMENTAL FANLAR" KAFEDRASI

 

Dunyoda ayrim kasb egalari borki, ularning mehnat faoliyati bevosita butun bir insoniyat hayoti, turmush tarzi va jamiyat rivoji bilan bevosita dahldor. Ana shunday kasblardan biri bu — shifokorlik kasbidir. Ular o‘z hayotini insoniyat salomatligini asrashdek g‘oyat mas'uliyatli va sharafli ishga bag‘ishlab kelmoqda. Xususan, oilaviy shifokorlar tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini aholi salomatligini saqlash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda beqiyos o‘ringa ega.
Inson qadr-qimmati ulug‘langan, manfaatlari ustuvor yurtda yuksalish va taraqqiyot bardavom bo‘ladi. E'tiborlisi, mustaqillik yillarida mazkur tamoyil asosida mamlakatimizning barcha jabhalarida ijobiy o‘zgarish va yangilanishlar kuzatilib, xalqimizning erkin va farovon yashashi, baxtli hayoti yo‘lida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda ham shifokorlar mehnatini qadrlash va ular uchun munosib bo‘lgan sharoitlarni yaratib berish, aholi salomatligini asrashda sohaga eng zamonaviy texnologiyalarni keng tadbiq etishga doimiy ravishda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e'tibor qaratib kelinadi.
Jumladan, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning sifati, samaradorligini oshirish, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi o‘rni va maqomini kuchaytirish maqsadida Prezidentimizning “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq yuqori malakali oilaviy shifokorlarni  tayyorlash maqsadida  Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida 2021 yil «General medicine» va «Dentistry» ta'lim yo‘nalishi tashkil etildi. Shu bilan birga mazkur yo‘nalishlarda tibbiy fanlarni o‘qitish maqsadida «Tibbiy fundamental fanlar» kafedrasi tashkil etilgan.
Kafedra professor o‘qituvchilari tibbiy biologik va fundamental fanlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash maqsadida tibbiyot kasbiga  kirish, ilmiy tadqiqot ishlari asoslarini o‘rgatish hamda aholi bilan ishlashda shaxslararo muloqat tamoyillariga rioya qilish va sog‘lomlashtirish, targ‘ibot qilish ishlarini to‘g‘ri amalga oshirishga o‘rgatish maqsadida pedagogika va psixologiyaga  alohida e'tibor qaratilmoqda.
Kafedra talabalarni shifokorlik amaliyotiga tayyorlash maqsadida bir qator davlat va xususiy davolash muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul'monologiya markazi, 1 - sonli shahar klinikasi, 3-sonli shahar klinikasi,  59 - oilaviy poliklinikasi va boshqalar.  Shu bilan birga kafedra xodimlari tomonidan ilmiy - tadqiqot ishlari va innovasion yo‘nalishlarda bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda.


Kafedraning maqsadi – “General medicine” va “Dentistry” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan  talabalarga tibbiyotning poydevori hisoblangan  fundamental fanlar bo‘yicha zamonaviy va innovasion yondoshuvlarni qo‘llagan holda ta'lim jarayonini tashkil etish.  Shu bilan birga, kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan har bir  ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarni  talab darajasida va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash. 

Kafedraning vazifalari: 

  • O‘quv rejalarida belgilangan ma'ruza,  amaliy mashg‘ulot, laboratoriya va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish; 
  • Talabalarning malakaviy amaliyoti, loyihalar, ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, talabalar bilimini baholashning reyting nazoratini joriy etish va mustaqil ishlarni tashkil etish; 
  • Kafedra fanlari bo‘yicha sillabuslarni  ishlab chiqish va belgilangan tartibda o‘quv jarayoniga joriy qilish.
  • Ta'lim jarayoni sifatini oshirish maqsadida darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy va metodik ko‘rmatmalarni tayyorlash;
  • Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va iqtidorli talabalarni jalb etish, hamda olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishini faollashtirish; 
  • Professor-o‘qituvchilarning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta'minlash; 
  • Ta'lim, davolash va ilmiy faoliyat bo‘yicha Respublika muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish.
Xatamov Аlijan Ibrogimjanovich
Xatamov Аlijan Ibrogimjanovich
Kafedra Mudiri

Tibbiyot fanlari doktori. Mutaxassisligi – morfolog. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari - anatomiya, topografiya. Ilmiy faoliyati: asab tiximi morfologiyasi, makroanotomiya, sitoarxitektonikasi. Ilmiy ishlari: 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 25 dan ortiq oʼquv uslubiy qoʼllanmalar muallifi. Malaka oshirish: Rossiya Federatsiyasi. Qirgʼiziston.

Аbduraximova Lola Аnvarovna
Аbduraximova Lola Аnvarovna
Professor

Pedagogika fanlari doktori, tibbiyot fanlari nomzodi. Mutaxassisligi – oilaviy shifokor, terapevt. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari – oilaviy tibbiyot, tibbiy taʼlim, simulyatsion taʼlim. Simulyatsion oʼqitish boʼyicha trener. Ilmiy faoliyati: gastroenterologiyaning dolzarb muammolari, tibbiy taʼlim sohasida innovatsion yondoshuvlar. Ilmiy ishlari: 120 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 15 dan ortiq oʼquv uslubiy qoʼllanmalar muallifi. Malaka oshirish: Janubiy Koreya, Rossiya federatsiyasi.

Ubaydullaev Rustam Latipovich
Ubaydullaev Rustam Latipovich
Dotsent

Tibbiyot fanlari nomzodi. Mutaxassisligi - morfolog. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari – yoshga bogʼliq anatomiya. Ilmiy faoliyati: ante va postnatal ontogenezda jigarning yoshga oid anatomo-topografik hususiyatlari. Ilmiy ishlari: 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 3 ta monografiya va oʼquv uslubiy qoʼllanmalar muallifi.

Madazizova Dilfuza Raxmatullaevna
Madazizova Dilfuza Raxmatullaevna
Katta o'qituvchi

Mutaxassisligi – pediatr, ginekolog. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari - neyrofiziologiya, bolalarda rivojlanish nuqsonlari. Ilmiy faoliyati: rivojlanishning neyrofiziologik aspektlari. Ilmiy ishlari: 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, defektologiya muammoloriga doir darslik va oʼquv qoʼllanma, uslubiy qoʼllanmalar muallifi.

Maksumova Munira Аbduganievna
Maksumova Munira Аbduganievna
Katta o'qituvchi

Mutaxassisligi - biolog. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari - biogenetika, kimyo. Ilmiy faoliyati: analitik va uslubiy yondoshuvlar, laborator diagnostika. Ilmiy ishlari: 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, uslubiy ishlar muallifi.

Moxammad Аbdul Xasib
Moxammad Аbdul Xasib
O'qituvchi

Mutaxassisligi – pediatr, terapevt. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari - kardiologiya, yurak qon tomir kasalliklari. Ilmiy faoliyati: bronxal astma korrektsiyasi. Ilmiy ishlari: 7 ta maqola va tezislar muallifi.

Аrsenova Muxabbat Аbdmoʼmin qizi
Аrsenova Muxabbat Аbdmoʼmin qizi
O'qituvchi

Mutaxassisligi - morfolog. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari -normal va patologik fiziologiya. Ilmiy faoliyati: patologik jarayonga Ociumum Basilicum ekstrakti taʼsirining patofiziologik aspektlari. Ilmiy ishlari: 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, uslubiy ishlar muallifi.

Kurbanova Saida Baxtiyarovna
Kurbanova Saida Baxtiyarovna
O'qituvchi

Mutaxassisligi – umumiy amaliyot shifokori, umumiy onkolog. Tibbiyot boʼyicha asosiy yoʼnalishlari -ximioterapiya. Ilmiy faoliyati: – koʼkrak bezi saratoni bilan kasallangan bemorlarda TDL plastika. Ilmiy ishlari: 12 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, uslubiy ishlar muallifi.

Ilmiy loyiha bo‘yicha umumiy ma'lumot 

Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda tibbiy fundamental fanlar doirasida innovasion texnologiyalar yordamida ilmiy tadqiqot jarayonida integrativ yondoshuv orqali  raqamli tibbiyotni rivojlantirish

Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda sog‘liqni saqlash tizimini hamda ta'lim tizimini isloh qilish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va innovasion texnologiyalarni qo‘llash borasida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, raqamli tibbiyot sog‘liqni saqlashning muhim yo‘nalishi  sifatida turli kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, davolash hamda oldini olish borasida muhim bo‘lib hisoblanadi. Aholiga tibbiy sanitariya yordamini ko‘rsatishda komp'yuter texnologiyalaridan keng foydalanish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga zamin yaratadi. “Uzluksiz ta'lim  tizimini  yanada  takomillashtirish,  sifatli  ta'lim  berish imkoniyatlarini  kengaytirish,  mehnat  bozori ehtiyojlariga muvofiq  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  siyosatini  davom  ettirish” muhim  ustuvor  vazifa  sifatida  belgilangan.  Bu borada tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning amaliyotdagi ko‘nikmalarini mustahkamlash va tibbiy fundamental fanlarni o‘qitayotgan pedagoglarning ilmiy izlanuvchanlik qobiliyatini  rivojlantirishga qaratilgan  texnologiyalarni takomillashtirish hamda innovasion faoliyatning turli  darajalarini  talab darajasida  egallashlari  uchun innovasion ta'lim muhitini, raqamli tibbiyotga oid sharoitlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari bilan ta'minlash o‘ziga xos ahamiyatni kasb etadi.

Tadqiqot maqsadi: Tibbiy fundamental fanlar doirasida ilmiy-tadqiqot jarayonini innovasion texnologiyalar hamda raqamlashtirish usullari yordamida takomillashtirish. 


Tadqiqot vazifalari:

  1. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda innovasion  texnologiyalarni qo‘llash asosida tibbiy ta'lim jarayonida raqamlashtirishga oid usullarni ishlab chiqish va joriy etish.
  2. Bo‘lg‘usi oilaviy shifokorlarni tayyorlashda innovasion texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlariga mutaxassislarni jalb qilish va yangi usullarni tadbiq etish. 
  3. Tibbiy ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan va informasion va/hamda simulyasion texnologiyalar qo‘llashning integrativ yondoshuvi asosida elektron dasturlar yaratish.
  4. Mahalliy tibbiyot oliygohlari ehtiyojini inobatga olgan holda xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda raqamli tibbiyotga  oid  texnologiyalarni tatbiq etish.
  5. Mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish jarayonida innovasion  texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi aniqlash hamda ob'ektiv baholash tizimini joriy etish. 

Ilmiy natijalar: 

  1. Innovasion texnologiyalarni qo‘llash yordamida raqamli tibbiyotni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot jaryoni amalga oshiriladi.
  2. Mahalliy ehtiyoj va talabni  hamda raqamlashtirish sharoitlariga moslashtirilgan yangi texnologiya va dasturlar yaratiladi.
  3. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda ularning kasbiy mahoratini oshirishga doir jarayon takomillashtiriladi.

Natijalarni sinovdan o‘tkazish:

  • Tibbiy oliy ta'lim muassasalari, ilmiy va amaliy markazlar, oilaviy poliklinika va o‘quv markazlari. 

Natijalarning ilmiy nashrlari:

  • Scopus, Web of Science xalqaro bazalarda indeksasiyalanuvchi hamda OAK ro‘yxatiga kiritilgan mahalliy va xalqaro jurnallarda ilmiy ishlar chop etiladi. Shu bilan birga o‘quv uslubiy ishlar, monografiya, qo‘llanma hamda patent kabi mahsulotlar yaratiladi.

 

Click to link to download - include a link to the PDF!

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Toshkent
Kimyo
Xalqaro
Universiteti

© 2018 - 2025 KIUT.
Barcha huquqlar himoyalangan

Dars jadvallari Intranet Intranet (Sirtqi taʼlim) Kutubxona E-pochta Talabalar baholari Talabalarning davomati Davomat
100121 Toshkent, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy
+998 78 129 40 40
info@kiut.uz

Bizni kuzatib boring