• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
Til
  • English
  • Русский
  • O'zbekcha
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet
    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    KIUT Shop
    Talabalar uyushmasi
    Kafedralar
    Bo'limlar
  • Dasturlar
    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    Muhandislik maktabi
    Biznes va moliya maktabi
    Taʼlim maktabi
    Sanʼat maktabi
    Tibbiyot maktabi
  • Qabul
    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    Qabul Toshkent shahri
    Qabul Namangan shahri
    Qabul Samarqand shahri
    MBA AlmaU
  • Tadqiqot
    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    Doktorantura
    Innovatsion markaz
    Ilmiy jurnallar
    Ilmiy boʻlim
  • Filiallar
    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

“Yo’l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi

Yo'l harakatini boshqarish - bu statsionar va harakatlanuvchi transport vositalari, shu jumladan piyodalar, velosipedchilar va barcha turdagi transport vositalarining harakatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishdan iborat. Uning maqsadi odamlar va yuklarning xavfsiz, tartibli va samarali harakatlanishini ta'minlash, ularni imkon qadar himoya qilish, yo'llar va uning atrofidagi mahalliy atrof-muhit sifatini yaxshilashdir.

Yo'l harakatini boshqarish sxemalarining konkret maqsadlari  quyidagilardan iborat:

  • transport oqimi sharoitini yaxshilash, tirbandlikni kamaytirish (ko'pincha transport oqimi samaradorligini oshirish maqsadlari ustuvor bo'lgan yo’llar ya’ni arterial yo’llar va avtomagistrallar uchun muhimdir)
  • marshrut yoki hudud xavfsizligini oshirish (halokat tahlili yoki yoki jamiyatning muayyan mulohazalari asosida)
  • bolalar, piyodalar va velosipedchilarning harakatlanish xavfsizligini, mobilligini va yo’llardan foydalanish imkoniyatini oshirish
  • aholi turar joylarini obodonlashtirish
  • tijorat, chakana savdo va ko'ngilochar tadbirlar o’tkaziladigan joylarga kirish imkoniyatini yaxshilash
  • avtomobilda yuk tashish unumdorligi va harakat xavfsizligini oshirish (ayniqsa, umumiy maqsadi iqtisodiy masalalarni hal qilishga qaratilgan transport vazifasi uchun muhimdir)
  • jamoat transporti va yo'llarining ekspluatatsion sharoitlarini yaxshilash (Odamlarning jamoa transportida harakatlanishi, shahsiy avtomobilda harakatlanganga qaraganda  samarali ekanligini aks ettirish )
  • Avtoturargoh muammolarini hal qilish maqsadida real vaqtda harakatlanuvchilar haqidagi ma'lumotlar kabi axborotlarni, yo'l foydalanuvchilari uchun yetkazish.

Yo’l harakatini boshqarish sohasida yuqori malakali mutaxassislarga talab nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyoda oshib borayotganligini inobatga olgan holda, 2022 yil Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida “Traffic Management” bakalavr ta’lim yo’nalishi, hamda “Yo’l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi tashkil qilindi. “Yo’l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi “Traffic Management” bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mutaxassislik kaferdasi hisoblanadi. 

Kafedra professor-o’qituvchilari avtomobil yo’llari muhandisligi, harakat havfsizligi, intelektual transport tizimlari kabi sohalar mutaxassislari hisoblanishadi va «Traffic Management» bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalariga mutaxassislik fanlaridan dars berishadi. 

Yunusov Abduvohid
Yunusov Abduvohid
Kafedra Mudiri

PhD, dotsent. 2022 yildan Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “ Yo’l harakati muhandisligi va boshqaruvi ” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyati – Avtomobil va yo’l qoplamasi orasidagi bog’liqlikni tadqiq etish, Yo’l muhandisligi, Yo’l harakati muhandisligi

Qutlimuratov Qudrat
Qutlimuratov Qudrat
Dotsent

2023-yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti “Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Asosiy tadqiqot yo'nalishlari - Yo'l harakati va transport muhandisligi, Transportni rejalashtirish, Atrof-muhit muhandisligi, Barqaror shahar transportini rivojlantirish va yashil transport tizimlari.

Jumaniyazov Xamdam Jumyozovich
Jumaniyazov Xamdam Jumyozovich
Katta o'qituvchi

2023 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi katta oʻqituvchisi. Asosiy tadqiqot yo‘nalishlari – Avtomobilning harakat qulayligini baholash va CAD/CAE/CAM.

Xudayberdiyev Ziyadilla Ibadillayevich
Xudayberdiyev Ziyadilla Ibadillayevich
Dotsent

2023 yildan Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “ Yo’l harakati muhandisligi va boshqaruvi ” kafedrasida dotsent v.b. lavozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyati – Harakat xafsizligi va ekologiya muammolari yo’nalishida MADIda nomzodlik disertatsiyasini yoqlagan, Avtomobil yo’llarida tashkil etilgan harakat xavfsizligini audit qilish, Yo’l harakati xavfsizligi to’q’risidagi qonunchilik, Yo’l harakati xavfsizligi asoslari, Yo’l qurilishi.

Ro’zimov Sanjarbek Komilovich
Ro’zimov Sanjarbek Komilovich
Professor

2023-yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti “Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi. Asosiy tadqiqot yo'nalishlari – Gibrid va elektr yuritmali transport vositalari, Avtomobil mexatronikasi, Qishloq xo’jaligi texnikalari mexatronikasi, Barqaror shahar transportini rivojlantirish va yashil transport tizimlari.

Islamov Elyor Bozorboy o'g'li
Islamov Elyor Bozorboy o'g'li
O'qituvchi

2024 yildan Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasida assistant lavozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyati – 2021 yil Toshkent davlat transport universitetida “Toshkent shahar jamoat transporti xizmatini oshirish” mavzusida magistrlik disertatsiyasini yoqlagan. 2022 yil Erasmus+ ICM dasturi doirasida Germaniyaning Dresden texnika universitetida “Shaharlarda velotransport harakat xavfsizligini oshirish” mavzusida tadqiqot qilgan va hozirda ushbu mavzuda PhD dissertatsiyasi ustida ilmiy faoliyatini davom ettirmoqda. Ilmiy yo‘nalishlari – Harakat xavfsizligini tashkil etish, Intellektual transport tizimlari, yo‘l harakati muhandisligi, shahar transportini rejalashtirish.

Turayev Azamat Alisher o'g'li
Turayev Azamat Alisher o'g'li
O'qituvchi

2024 yildan Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasida assistant lavozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyati – 2021 yil Toshkent davlat transport universitetida “Yo‘nalishli avtobuslar marshrutining murakkabligini aniqlash uslubini ishlab chiqarish” mavzusida magistrlik disertatsiyasini yoqlagan. Ilmiy yo‘nalishlari – Barqaror shahar transport tizimini rivojlantirish, Harakat xavfsizligini tashkil etish, Intellektual transport tizimlari, jamoat transporti tizimini rivojlantirish.

Abulqosimov Shohzod Hamidulla o'g'li
Abulqosimov Shohzod Hamidulla o'g'li
Katta o'qituvchi

2024 yildan Toshkent Xalqaro Kimyo Universiteti “Yo‘l harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyati - Shahar ko‘chalarining tirband bo‘laklarida transport oqimini tadqiq qilish yo‘nalishida TDTUda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgan, yo‘l aktivlarini boshqarish, avtomobil yo‘llari muhandisligi, avtomobil yo‘llarining transport ekspluatatsion sifatlari

Click to link to download - include a link to the PDF!

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Toshkent
Kimyo
Xalqaro
Universiteti

© 2018 - 2025 KIUT.
Barcha huquqlar himoyalangan

Dars jadvallari Intranet Intranet (Sirtqi taʼlim) Kutubxona E-pochta Talabalar baholari Talabalarning davomati Davomat
100121 Toshkent, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy
+998 78 129 40 40
info@kiut.uz

Bizni kuzatib boring