O'QUV USLUBIY BOSHQARMA
O'quv-uslubiy boshqarma universitet tarkibiy tuzilishidagi o'quv va uslubiy ishlarini amalga oshiruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi. Boshqarmaning asosiy faoliyati universitetdagi o'quv va uslubiy jarayonini samarali tashkil etishini ta'minlashga qaratilgan.
Boshqarma O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida belgilangan vazifalarning samarali shakllardagi ijrosini, shuningdek, har tomonlama etuk yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ta'limni o'quv-metodik jihatdan uzviyligini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan bo'lib, o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi, universitet Ustavi, universitetning ichki tartib qoidalari, universitet Ilmiy Kengashining qarorlari, universitet rektorining buyruqlari, o'quv ishlari bo'yicha prorektorning ko'rsatmalari asosida olib boradi.
Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari:
- universitetda o'quv jarayonini samarali tashkil etish va ta'minlash.
- O'quv jarayonining tashkiliy masalalarini hal qilishda universitetning yagona strategiyasini amalga oshirish.
- O'quv jarayonini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni o'rganish, takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash va hayotga tadbiq etishda ishtirok etish.
- O'quv jarayonini samarali tashkil etilishini ta'minlash uchun fakultetlar, kafedralar va boshqa bo'linmalarning tegishli faoliyatini muvofiqlashtirib borish.
- O'quv jarayoniga oid masalalar bo'yicha fakultetlar va bo'linmalar hisobotlarini umumlashtirish, universitetning hisobotlarini tayyorlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib borish.
- Universitet talabalari kontingentining harakatini nazoratga olish.
- Universitet kafedralarida yo'nalishlar va mutaxassisliklarida o'qitiladigan fanlar bo'yicha o'quv yuklamalarini umumlashtirish hamda bajarilishini monitoring qilish, asosiy va soatbay ish haqi uchun ro'yxat olish.
- Professor-o'qituvchilar bilan soatbay ish haqi asosida shartnomani tuzish va buyurtmalarni tayyorlash.
- O'quv yili va semestrlar bo'yicha ishchi o'quv rejalarining bajarilishini o'rganib borish.
- O'quv jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan o'quv-metodik izlanishlar olib borish.
- O'quv jarayoni yuqori saviyada tashkil etilishini ta'minlovchi axborot-pedagogik texnologiya va metodlarni keng joriy qilib borish va ilg'or tajribalarni ommalashtirish.
- Malakaviy amaliyotni tashkil etishda ko'maklashish.
- Universitetda o'qitiladigan fanlarning uslubiy ta'minoti samarali tashkil etilishi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning kafedralarda to'liq va sifatli bajarilishini ta'minlash.
- O'quv jarayonining uslubiy-tashkilib masalalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish.
- Universitet kafedralarida o'qitiladigan fanlar bo'yicha o'quv-uslubiy ta'minotning holatini o'rganib borish hamda belgilangan muddatlarda ularning muhokamasini tayyorlash.
- Amaldagi ishchi o'quv rejalarida kiritilgan yangi fanlarni o'qitishning uslubiy ta'minotini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va ularning kafedralarda holatini o'rganib borish.
- O'quv rejasidagi fanlarning o'quv adabiyotlari bilan ta'minlanganligini o'rganish.
- O'quv jarayonini uslubiy jihatdan takomillashtirish yuzasidan metodik izlanishlar olib borish va ularni amalga oshirishga qaratilgan ilmiy seminarlarni tashkil etish.
- Universitet Qabul komissiyasi ishini tashkil etish.
- Nizomda ko'rsatilgan vazifalarni bajarish uchun belgilangan shtatlar birligiga ko'ra, xodimlarni ishga qabul qilish takliflarni ishlab chiqish hamda o'quv ishlari bo'yicha prorektorga taqdim etish.
- Universitetning boshqa tarkibiy bo'linmalaridan o'quv jarayoniga oid hujjatlar va materiallarni talab qilish va olish.
- Universitet nomidan davlat va nodavlat tashkilotlari, shuningdek boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan aloqada ta'lim masalalari bo'yicha vakillik qilish.
- O'quv jarayonini tashkil qilish bo'yicha uchrashuvlar o'tkazish va bunday uchrashuvlarda qatnashish.
- O'quv jarayoni bo'yicha tushuntirishlar, tavsiyalar va ko'rsatmalar berish.
- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida qayd etilgan boshqa huquq va vakolatlardan foydalanish.
2023-2024 Fanlar ro'yhati