Doktorantura
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga muvofiq, 2023 yil 4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar topshirish boshlandi. Hujjatlar joriy yilning 15 iyuldan 15 avgustga qadar qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʼyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.
Hujjat topshirish vaqtida tugʼiladigan savollarga +998781294040 (121) telefon raqami orqali javob olish mumkin.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan xujjatlar roʼyxati:
1. Universitet rektori nomiga ariza;
2. Qisqacha biografik maʼlumotnoma / Obʼektivka (elektron varianti bilan);
3. Pasport nusxasi (JPG formatida elektron varianti bilan) va 4 ta (3,5x4,5) rasm;
4. Oliy taʼlim muassasasi bakalavr va magistratura diplomlari nusxasi (ilovalari bilan);
5. Ilmiy rahbarning rozilik xati (xatda rahbarning to‘liq FIShi himoya qilgan ixtisoslik shifri va nomi, talabgor dissertatsiya ishining mavzusi va ixtisoslik shifri ko‘rsatilishi, imzo muxr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak);
6. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari talabgorlarga tanlangan disertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 tezis bo‘lishi hamda ilmiy ishlar ro‘yxati ilmiy kotib tomonidan imzolanishi va muxr bilan tasdiqlanishi lozim);
7. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
8. Ish joyidan tavsifnoma;
9. Fayl papka.
Shuningdek, quyidagi xujjatlar mavjud bo‘lsa taqdim qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- Muayyan ilmiy yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (ixtiro uchun patentlar va mualliflik guvohnomalari)
Hujjatlarni topshirish muddatlari:
1-chorak: 15 sentyabrdan 15 oktabrgacha
2-chorak: 15 yanvardan 15 fevralgacha
3-chorak: 15 apreldan 15 maygacha
4 chorak: 15 iyuldan 15 avgustgacha
№ |
Shifr |
Ixtisoslik |
1 |
05.08.06 |
G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish |
2 |
05.02.03 |
Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari |
3 |
05.09.01 |
Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar |
4 |
07.00.01 |
O‘zbekiston tarixi |
5 |
07.00.03 |
Jahon tarixi |
6 |
07.00.05 |
Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi |
7 |
08.00.01 |
Iqtisodiyot nazariyasi |
8 |
08.00.05 |
Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti |
9 |
08.00.07 |
Moliya, pul muomalasi va kredit |
10 |
08.00.08 |
Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit |
11 |
08.00.11 |
Marketing |
12 |
08.00.13 |
Menejment |
13 |
08.00.15 |
Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti |
14 |
08.00.17 |
Turizma va mehmonxona faoliyati |
15 |
10.00.00 |
Filologiya fanlari |
16 |
10.00.07 |
Adabiyot nazariyasi |
17 |
10.00.06 |
Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik |
18 |
10.00.11 |
Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi |
19 |
13.00.02 |
Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi |
20 |
14.00.02 |
Morfologiya |
21 |
14.00.10 |
Yuqumli kasalliklar |
22 |
14.00.30 |
Epidemiologiya |
23 |
17.00.05 |
Dizayn nazariyasi va tarixi |
24 |
17.00.08 |
Sanʼat nazariyasi va tarixi |
25 |
18.00.01 |
Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini taʼmirlash va tiklash |
26 |
18.00.02 |
Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarni rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi |
27 |
23.00.03 |
Siyosiy madaniyat va mafkura. Siyosiy fanlar |
28 |
23.00.04 |
Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari |
29 |
02.00.14 |
Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi |