Excursion to the Pumpkin Museum.

“Qovoq muzeyi”ga ekskursiya tashkil qilindi


Milliy uslubda qovoqlarning turli navlaridan yaratilgan hunarmandchilik buyumlarini koʻrganmisiz?  “Boshlangʻich taʼlim” yoʻnalishi talabalari poytaxtimizda joylashgan qovoq uy-muzeyidan katta taassurotlar bilan qaytishdi.

Joriy yilning 30-noyabr kuni “Boshlangʻich taʼlim” yoʻnalishi PRI-20R va PRI-21E guruh talabalari uchun “Qovoq muzeyi”ga ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya talabalarda misli koʻrilmagan taassurot qoldirdi. Talabalar estetik zavq oldilar, koʻplab yangi, qiziqarli narsalarni oʻrganishdi, eng muhimi, endi ular turli materiallardan oʻz qoʻllari bilan qanday qilib gʻayrioddiy mahsulotlar yaratish mumkinligi haqida taʼsurotga ega boʻldilar.

Muzey haqida: muzey milliy uslubda qovoqlarning turli navlaridan yaratilgan bezaklar va boshqa hunarmandchilikning boshqa turlari bilan bezatilgan. Bu yerda 1000dan ortiq noodatiy eksponatlar mavjud. Har bir mahsulot noyob va takrorlanmas, chunki har bir qovoq noyob shakliga ega. Muzeyga tashrif buyuruvchilarni nafaqat mahsulot koʻrgazmasi hayratda qoldiribgina qolmay, balki qovoq ilovalarini tayyorlash boʻyicha “master-klass”larda ham ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, muzeyda qoʻgʻirchoq shoulari ham jonli ijro etiladi. Muzey 15 yildan beri faoliyat yuritmoqda. Bu yerda siz qanday qovoq yetishtirilayotganini, turli xil navlarni koʻrishingiz, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish jarayoni haqida bilib olishingiz mumkin. Qiziquvchilar mahsulot va rasmlarni sotib olishlari mumkin.