With the start of the international exhibition of fashion and textiles "Tashkent Fashion & Textile Expo 2023" under the faculty of "Fashion Design", our students took part in an excursion and gained useful experience

“Tashkent Fashion & Textile Expo 2023” xalqaro moda va toʻqimachilik koʻrgazmasi boshlanishi bilan “Liboslar dizayni” yoʻnalishi boshchiligida barcha talablarimiz ekskursiyada qatnashib, oʻzlariga foydali tajriba orttirishdi


“Tashkent Fashion & Textile Expo 2023” xalqaro moda va toʻqimachilik koʻrgazmasi Oʻzbekistonning ulgurji va chakana savdo bozorlari uchun biznes platforma boʻlib xizmat qiladi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning moda, goʻzallik va toʻqimachilik sanoatidagi taniqli brendlarini taqdim etadi. Koʻrgazmada 100 dan ortiq kompaniyalardan 4000 ga yaqin eksponentlar ishtirok etdi.

Toʻqimachilik va tikuvchilik korxonalari mahsulotlari Turkiya, Xitoy, Oʻzbekiston va boshqa davlatlardan keltirilgan. Koʻrgazma maydonlarida moda va raqamli biznes mutaxassislari, taniqli stilistlar, vizajistlar, marketologlar va biznes hamjamiyat vakillaridan mahorat darslari, shuningdek, B2B muzokaralar va uchrashuvlar oʻtkazdilar.

Mahorat darslari mavzulari: “Hayot uchun garderob”.

3 kunlik dasturda talaba yoshlar moda va raqamli biznes sohasidagi yetakchi mutaxassislarning master-klasslarida ishtirok etdilar. Ular 20 dan ortiq mahalliy va 15 dan ortiq xalqaro brendlar ishtirok etgan “Fashion show” koʻrgazmasining guvohi boʻlishdi. Oʻzlariga kerak boʻladigan yangiliklardan xabardor boʻlib, oʻzlari ham boshqa chet davlatlariga borib, mustaqil biznes faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari mumkinligini bilib olishdi.

“Fashion show” koʻrgazmasida ayrim talaba yoshlarimiz sovgʻalarga ega boʻlishdi. Yuzlarida tabassum bilan sahnaga chiqishdi.

Eng qiziqarlisi:

• 2 fevral: Moskva stilisti Shapiro Tatadan master klass.
• 3 fevral: vizajist Akobir Ashurqulovichdan master klass. 
• 4 fevral: erkaklar uslubi boʻyicha mutaxassis Andy Lidan master klasslar seriyasi, shuningdek, “Circle” raqamli agentligi asoschisi Inga Milusheva tomonidan master klass oʻtkazildi.

Shuningdek, marketolog va bloger Zaynab Sharikova “2023-yilda kontent yaratish. Trendlar, reelslar va savdolar” mavzusida mahorat darsi oʻtkazdi.

Koʻrgazmaning ertasi kuniyoq, dam olish kunlari boʻlishiga qaramasdan, 1-2-3-kurs talabalari oʻz liboslarining fotosessiyasi jarayonlarini oʻtkazishdi.

Koʻrgazma hayajoni yoshlarni tark etgani yoʻq. Ularda oldinga intilish xissi yanada ortdi.