To the attention of those wishing to submit documents for admission to the independent competition for the degree (one of the forms of postgraduate education) to the Kimyo Tashkent International University

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida oliy taʼlimdan keyin taʼlim shakllaridan biri-mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga muvofiq 2023 yil 2-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar topshirish boshlandi. Hujjatlar joriy yilning 15 yanvardan 15 fevralga qadar qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy — PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science — DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.
Hujjat topshirish vaqtida tugʻiladigan savollarga +998781294040 (121) telefon raqami orqali javob olish mumkin.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati
1. Universitet rektori nomiga ariza;
2. Qisqacha biografik maʼlumotnoma / Obyektivka (elektron varianti bilan);
3. Pasport nusxasi (JPG formatida elektron varianti bilan) va 4 ta (3,5x4,5) rasm;
4. Oliy taʼlim muassasasi bakalavr va magistratura diplomlari nusxasi (ilovalari bilan);
5. Ilmiy rahbarning rozilik xati (xatda rahbarning toʻliq FIShi, himoya qilgan ixtisoslik shifri va nomi, talabgor dissertatsiya ishining mavzusi va ixtisoslik shifri koʻrsatilishi, imzo muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak);
6. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari talabgorlarga tanlangan dissertatsiya mavzusi boʻyicha kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 tezis boʻlishi hamda ilmiy ishlar roʻyxati ilmiy kotib tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim;
7. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
8. Ish joyidan tavsifnoma;
9. Fayl papka.
Shuningdek, quyidagi hujjatlar mavjud boʻlsa, taqdim qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- Muayyan ilmiy yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (ixtiro uchun patentlar va mualliflik guvohnomalari)
Hujjatlarni topshirish muddatlari:
1-chorak: 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha
2-chorak: 15 yanvardan 15 fevralgacha
3-chorak: 15 apreldan 15 maygacha
4 chorak: 15 iyuldan 15 avgustgacha

 

Shifr

Ixtisoslik

1

05.08.06

G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish

2

05.02.03

Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari

3

05.09.01

Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar

4

07.00.01

O‘zbekiston tarixi

5

07.00.03

Jahon tarixi

6

07.00.05

Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi

7

08.00.01

Iqtisodiyot nazariyasi

8

08.00.05

Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti

9

08.00.07

Moliya, pul muomalasi va kredit

10

08.00.08

Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit

11

08.00.11

Marketing

12

08.00.13

Menejment

13

08.00.15

Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti

14

08.00.17

Turizma va mehmonxona faoliyati

15

10.00.00

Filologiya fanlari

16

10.00.07

Adabiyot nazariyasi

17

10.00.06

Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

18

10.00.11

Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi

19

13.00.02

Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

20

14.00.02

Morfologiya

21

14.00.10

Yuqumli kasalliklar

22

14.00.30

Epidemiologiya

23

17.00.05

Dizayn nazariyasi va tarixi

24

17.00.08

Sanʼat nazariyasi va tarixi

25

18.00.01

Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini taʼmirlash va tiklash

26

18.00.02

Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarni rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi

27

23.00.03

Siyosiy madaniyat va mafkura. Siyosiy fanlar

28

23.00.04

Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari

29

02.00.14

Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi