Renewable Energy, Construction and Architecture and Urban Design faculties of Kimyo International University in Tashkent became the first programs of the School of Engineering that received the European quality label for engineering degree programs EUR-AC

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Arxitektura va shaharsozlik”, Qurilish” va “Muqobil energiya” yoʻnalishlari Yevropa muhandislik taʼlimi boʻyicha Yevropa sifat belgisiga ega boʻlgan EUR-ACE® yorligʻini olgan birinchi ta’lim dasturlari boʻldi


Bitiruvchilarga va umuman universitetga EUR-ACE sifat belgisi nima beradi? Birinchidan, akkreditatsiyadan oʻtgan dastur Yevropa sifat standartlariga javob berishini kafolatlaydi. Ikkinchidan, oʻqituvchilarning yuqori kasbiy saviyasi, yetarli moddiy-texnika bazasi va universitetining oʻquv jarayonini tashkil etishning yuqori sifatining xalqaro eʼtirofi hisoblanadi. ENAEE — muhandislik taʼlimida yuksak standartlar koʻrsatkichi boʻlib, bu bizning bitiruvchilarga ishga joylashish va xorijda oʻqishni davom ettirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni ochadi. Yuqorida sanab o’tilgan dasturlarimiz 2028 yilgacha 5 yil muddatga akkreditatsiya qilingan va tegishli xalqaro ENAEE sertifikatlarini olgan.

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti hozirda Oʻzbekistondagi dasturlari ENAEE sertifikatlariga ega yagona universitet hisoblanadi.

ENAEE (European Network for Accreditation in Engineering Education) taʼlim dasturlari bitiruvchilariga Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tan olinish imkonini beruvchi va muhandislik taʼlimining yuqori sifat koʻrsatkichi boʻlgan “EUR-ACE” sifat belgisini beradi. EUR-ACE akkreditatsiya standartlari Yevropa malaka tizimiga muvofiq bakalavriat va magistratura darajasidagi muhandislikning barcha sohalaridagi dasturlarni baholash uchun ishlatilishi mumkin. Shuningdek, EUR-ACE sifat belgisi oʻquv dasturlari mazmunining muhandislik taʼlimi standartlariga muvofiqligini kafolatlaydi.

ENAEE sertifikatlarini olgan muhandislik dasturlarimiz maxsus umum Yevropa reyestriga kiritilgan. Ish beruvchilar reyestrda taqdim etilgan taʼlim dasturlari sifati muayyan yuqori standartlarga javob berishini yuqori baholashadi. ENAEE tomonidan akkreditatsiya qilingan dasturlarning bitiruvchilari kelajakda “Yevropa muhandisi” (EUR ING) unvoniga ega boʻlishlari mumkin, Yevropa Milliy muhandislik uyushmalari federatsiyasi (FEANI) professional muhandislari reyestriga va muhandislar reyestriga kirish uchun ariza berishlari mumkin (APEC Engineer Register).