Bugun insoniyat axborot dunyosiga kirib kelmoqda va undan foydalanish ustida tinimsiz harakat qilish bilan insoniyatning o‘zi ham axborot olamiga kirib ketmoqda.
Albatta, axborot makoniga kirish, foydalanish va rivojlantirish texnologiya bilan uzviy bog‘liq.
Axborot texnologiyalari bilan muloqot qilish kompyuter texnikasi bilan o‘zaro bog‘liq. Kompyuterni o‘zlashtirish insoniyatning o‘zini o‘zi mazmunli va maqsadli boshqarishi uchun xizmat qilishini kelajak avlodlarga mukammal etkazish o‘ta dolzarb vazifadir.
Kelajak avlodning axborot texnologiyalari asosida kompyuter texnikasini mukammal o‘zlashtirib borishi hamda insoniyat o‘zining ishlari natijasini raqamli iqtisodiyotda ko‘rishi eng muhim masala bo‘lib qolmoqda.
Axborot texnologiyalariga asoslangan turli ilovalar bilan ishlarimiz engillashib, raqamli iqtisodiyot bilan ma’naviy yuksalishimiz albatta, raqamlar salohiyati bilan uyg‘unlashadi.
Kelgusida malakali zamonaviy kadrlar tayyorlash jarayonida kafedra o‘z o‘rniga ega ilmiy izlanishlarni olib borishni rejalashtirgan.
Talaba yoshlarga, Computer, Computer Science va Basic of Programming fanlarini mukammal o‘zlashtirishlari borasida yangi xalqaro tajribalarni o‘zlashtirishmoqda.
“Computer” fani informatika va axborot texnologiyalari asosini tashkil etuvchi zamonaviy texnik va dasturiy ta’minotdan foydalanish;
axborot texnologiyalarining tashkil etuvchilari va vositalari, axborotlarni yaratish, saqlash, izlash, qayta ishlash va uzatish jarayonlari, usullari, tamoyillari, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bilan chuqur tanishtirish, global tarmoqlari;
raqamli axborotlarni qayta ishlash, mutaxassisliklar bo’yicha dasturlarning funksional imkoniyatlari bilan tanishish;
mulьtimedia tizimlardan foydalangan holda interaktiv dasturlarini shakllantirish bo’yicha amaliy ko’nikmalarini va malakalarini shakllantirishdir.
“Computer Science” fani informatika asoslari, raqamli axborotlarni qayta ishlash, algoritmlash va dasturlash asoslari;
hisoblash texnikasining apparat va dasturiy imkoniyatlaridan foydalangan holda ishlash metodlarini avtomatlashtirish;
elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan algoritmlar nazariyasi;
elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tahlil qilish va takomillashtirish;
muommoli masalalarni algoritm asosida dasturlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarini va malakalarini shakllantirishdir.
“Basic of Programming” fani hisoblash tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti, ularni fan sohalarida, ishlab chiqarish va ta’limda qo‘llash xususiyatlari, kompyuterning dasturiy ta’minoti, dasturlash tillari, dastur turlari va xususiyatlari, strukturali, ob’ektga yo‘naltirilgan va umumlashgan dasturlash to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
yuqori darajadagi dasturlash tillarini, dasturiy ta’minotni, dasturlash texnologiyalarini, tatbiqiy va hisoblash matematikasi masalalarini echish algoritmlarini, modulli tahlil va modulli dasturlash asoslarini, ob’ektga yo‘naltirilgan va umumlashgan dasturlash usullarini, samarali dastur va dasturlar kompleksini yaratish usullari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi;
strukturali, ob’ektga yo‘naltirilgan va umumlashgan dasturlash paradigmalarini qo‘llash asosida ilovalarni yarata olish, dasturlashda, hisoblash texnikasi va dasturiy ta’minot imkoniyatlaridan samarali foydalanish, muammoga va ob’ektga yo‘naltirilgan tillardan foydalanish, yaratilgan ilovalarni baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
amaliy masalalarni echish algoritmlarini tuzish, turli tabiiy jarayonlarning matematik (kompyuter) modellarini qurish va ularning dasturiy ta’minotini yaratish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori, 1996-2000 yy. - Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti) talabasi. (bakalavr) 2000-2002 yy. - Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti magistranti. (magistratura) 2002-2005 yy. - Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti aspiranti. (aspirantura)
2014 – 2018 yy. – Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy Universiteti, Matematika fakulьteti “Аxborot tizimlarining matematik va dasturiy taʼminoti” yunalishi talabasi. (bakalavr) 2018 – 2020 yy. – Qozon Davlat Universitetining, Hisoblash matematikasi va informatika institutining, “Аxborot tizimlari va texnologiyalari” yoʼnalishi talabasi. (magistratura)