Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim barkamol shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki bu yoshdagi bolalar egallagan bilim va qadriyatlar uning keyingi hayotini belgilaydi. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirish hamda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Toshkent xalqaro Kimyo universitetida 2019-2020 o‘quv yilida “Boshlang‘ich ta’lim” va “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat yo‘nalishlari ochildi hamda universitet rektorining 2021-yil 3-avgust №418-sonli buyrug‘iga muvofiq “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tashkil etildi. 2022-2023 o‘quv yilida “Maxsus pedagogika” bakalavriat yo‘nalishi talabalarni qabul qildi.
Kafedra “Boshlang‘ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim”, “Maxsus pedagogika” yo‘nalishlarida bakalavriat va magistratura mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi, shuningdek kafedra a’zolarining ilmiy-uslubiy ishlarini muvofiqlashtiradi. Kafedraning 3 nafar mustaqil izlanuvchisi ta’limning maktabgacha va boshlang‘ich bo‘g‘inlarida o‘quv jarayonini takomillashtirish ustida ilmiy izlanish olib bormoqda.
Kafedrada o‘qitilayotgan fanlarning o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti malaka talablariga moslanganligi bilan bir qatorda, jahon yetakchi pedagogik universitetlari standartlari va ilg‘or tajribasi asosida boyitilgan. Mashg‘ulotlar mobaynida talabalarda bo‘lajak kasblariga muhabbat uyg‘otish maqsadida Toshkent shahridagi 300-ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi, “Vosiq international school and Kindergarden”, “Leader School” kabi tajriba-tadqiqot maydonchalarida kasb bilan tanishish imkoniyati yaratiladi. Ular bilan o‘zaro kelishuv asosida “Mahorat darslari”, ochiq darslar o‘tkaziladi va talabalarning pedagogik amaliyoti tashkil etiladi.
Kafedra “Respublika ta’lim markazi” bilan memorandum asosida uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, maxsus va boshlang‘ich bo‘g‘inlari uchun o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish va yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
2022-2023-o‘quv yilidan boshlab kafedrada “Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi” va “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Kafedraning ichki raqami: ( 155 )
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, 10 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega. 2016 yil “Innovasion g‘oyalar” xududiy ko‘rgazmasi hamda yoshlarning “Innovasion g‘oyalar” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi. 2017 yil O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Ilm yulduzlari” IV Respublika intellektual ko‘rik tanlovining universitet bosqichidagi “Eng mahoratli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi” nominasiyasi g‘olibi. 2018 yil O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi “Ixtirochi ayollar” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi I Respublika tanlovining “Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma'lumotlar bazasi” nominasiyasi g‘olibi. 2022-yilda “Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish metodikasi” mavzusida PhD dissertasiyasini himoya qildi. 50 dan ortiq ilmiy ishlarni nashr qilgan, shu jumladan 1 ta elektron darslik, 1 ta elektron qo‘llanma, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta metodik qo‘llanma, 40 dan ortiq ilmiy-metodik maqolalar muallifidir.
Pedagogika fanlari nomzodi, «Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim metodikasi» kafedrasi dotsenti, 40 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega. Аsosiy mutaxassisligi matematika va boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. Bakalavriatda «Boshlangʼich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi», magistraturada «Boshlang‘ich taʼlim fanlari nazariyasi», «Mutaxassislik fanlarini oʼqitish metodikasi» kabi fanlardan mashg‘ulot olib boradi. 1995 yilda «1-4 sinf o‘quvchilarida iqtisodiy-statistik bilim elementlarini shakllantirish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 120 dan ortiq ilmiy ishlarni nashr qilgan bo‘lib, shu jumladan 2 ta darslik, 1 ta elektron darslik, 4 ta oʼquv qo‘llanma, 4 oʼquv-metodik qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy-metodik maqolalar muallifidir. Kafedraning 2 ta mustaqil tadqiqotchisiga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.
A'zamova Maloxat Nadjimovna- pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 30 yillik pedagogik va 10 yillik ilmiy - pedagogik faoliyatga ega. Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim kafedrasida v.b.dosent lavozimda 2022 yil avgust oyidan buyon faoliyat yuritadi. A'zamova Maloxat Nadjimovna- baklavriat talabalariga “ Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” va “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanlaridan, shuningdek, Magistrlarga “Maktabgacha ta'lim nazariyasi”, “Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” fanlaridan ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tadi. A'zamova Maloxat Nadjimovna- Nizomiy nomidagi TDPUning mustaqil tadqiqotchisi sifatida 13.00.07. - "Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik (Ds) ishini himoya qilish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. A'zamova Maloxat Nadjimovna- ilmiy darajalar beruvchi kengash qoshidagi 13.00.02.- “Ta'limda menejment” -ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar a'zosi. A'zamova Maloxat Nadjimovna –“Xalq ta'limi a'lochisi” hamda” O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. A'zamova Maloxat Nadjimovnaning 50 danortiq ilmiy ishlari nashr qilingan. Jumladan, 1 ta darslik va 4 ta o‘quv-metodik qo‘llanmalar.
Umumiy ish staji 17 yil. Oliy oʼquv yurtlaridagi ilmiy pedagogik staji 13 yil. 2018 yil 5 dekabrda 13.00.03- Maxsus pedagogika ixtisoslik boʼyicha pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori PhD ilmiy darajasini olish uchun “Аqli zaif oʼquvchilarda verbal va noverbal muloqot koʼnikmalarini taʼlim jarayonida rivojlantirish” (boshlangʼich sinflar misolida) mavzusida dissertatsiyani himoya qilgan. Musayeva Nargiza Sayfullayevna “Maxsus pedagogika” yoʼnalishi talabalari uchun oʼquv reja hamda dasturlarni ishlab chiqish va rasmiylashtirishda bevosita ishtirok etgan. N.Musayeva “Fundamentals of special pedagogy”, “Special education” va “Inclusive education and training in the preschool education system” kabi fanlardan maʼruza hamda seminar mashgʼulot darslarini olib bormoqda. Shuningdek, institut bakalavr talabalarning bitiruv ishiga va magistrlarining dissertatsiya ishlariga ilmiy rahbarlik qilmoqda. Oʼzining pedagogik faoliyati davomida universitet professor-oʼqituvchilariga hamda talabalarga Maxsus pedagogikaning dolzarb mavzular boʼyicha “Master klass” hamda muammoli maʼruza mashgʼulotlarini oʼtkazib kelmoqda. Musaeva Nargiza Sayfullaevna tomonidan jami 55 ta ilmiy-uslubiy ishlar eʼlon qilgan, shulardan monografiya (hammualliflikda), 4 ta uslubiy qoʼllanma (hammualliflikda), 15 ta ilmiy maqola va 36 ta xalqaro va respublika konferentsiyalaridagi maqola va tezislaridir. Universitetning jamoa ishlarida ham faol qatnashib kelmoqda, talabalarga mehribon ustoz, talabalarning maʼnaviy dunyoqarashini shakllantirishni turli usullardan foydalanish orqali amalga oshirib keldi. Kafedra faoliyatida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirishda faol faoliyat olib bormoqda. Turli tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirishda faol ishtirok etadi.
«Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim metodikasi” katta o‘qituvchisi Xamidova Mohinaxon Alisherovna - 10.00.06 – Qiyosiy tilshunoslik va chog‘ishtirma tarjimashunoslik yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchilik olib bormoqda. 10 yillik pedagogik, 8 yillik ilmiy-pedagogik faoliyatga ega. Toshkent Kimyo хalqaro universiteti “Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim kafedrasida katta o‘qituvchisi lavozimda 2021-yil aprel oyidan buyon faoliyat yuritadi. Xamidova Mohinaxon Alisherovna – “Maktab xujjatlarini yuritish metodikasi”, “O‘qituvchi nutqi madaniyati”, “Bola rivojlanishi va taʼlim” va “Ona tili va uni o‘qitish metodikasi” hamda “O‘zbekcha ijodiy yozish” fanlaridan maʼruza va amaliy mashg‘ulotlarni o’zbek va ingliz tillarida o‘tadi. Xamidova Mohinaxon Alisherovna 20 dan ortiq ilmiy-nazariy maqolalar muallifi hisoblanadi.
2023 yilning 15-fevralida “Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Bir asrning ikki dahosi” nomli tanlov-tadbir tashkil qilindi.
Tadbir dasturidan:
Tadbirni ToshDO‘TAU “Folklorshunoslik va dialektologiya” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Abdumurod Tilavov o’zining sermazmun suhbati bilan ochib berdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan yod olingan g‘azallar tinglandi.
TRS 74 guruh talabasi Rustamova Shaxrizodaning Bobur qalamiga mansub “Keltursa yuz baloni o’shal bevafo manga…” misralari bilan boshlanuvchi g’azalini kuyladi. Unga Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Musiqa madaniyati” fakulteti “Ijrochilik mahorati va madaniyati” kafedrasi o’qituvchisi I.A.Ro’zimurodov o’z guruhi bilan sozandalik qildi.
TRS 71 guruh talabalari tomonidan “Navoiy va Guli” sahnasi ijro etildi.
PRIE 51 guruh talabalari tomonidan “Farxod va Shirin” ning zamonaviy talqini ijro etildi.
Bugun Toshkent Kimyo xalqaro universitetida taniqli yozuvchi, adabiyotshunos olim Ulug’bek Hamdam bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.
"Boshlangʻich taʼlim” yoʻnalishi 3-kurs talabalari uchun Italiyalik mutaxassis, Toshkent shahar Prezident maktablari metodisti Alessio Scarito ishtirokida "O'quvchilarda kreativlikni rivojlantirishning ahamiyati" mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv to'liq ingliz tilida olib borilishiga qaramasdan talabalarimiz faol ishtirok qilishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.