Mashinasozlik texnologiyasi - mashina qismlari, texnologik asbob-uskunalar, mashinasozlik jihozlari va mahsulotlarni yig'ish uchun texnologik jarayonlarni nazariy tadqiq qilish, loyihalash va takomillashtirish bilan shug'ullanadigan tarmoq. Bunga texnik hisob-kitoblar, materiallar va ularni qayta ishlash usullarini tanlash, sifat nazorati, qismlarni tayyorlash va ulash qismlari va agregatlarini tayyorlash usullari, xususan, mashinasozlik sexlarini va umuman korxonalarni loyihalash, shuningdek, ular uchun ishlab chiqarishni tashkil etish kiradi.
Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi 2020 yilda «Mechanical Engineering», «Lift Engineering», «Mechatronics Systems Engineering» ta’lim yoʻnalishlari talabalari uchun ixtisoslashtirilgan, bitiruvchi kafedra sifatida tashkil etilgan.
Kafedra professor-o’qituvchilari mashinasozlik, gidravlika, mexatronika, avtomatizasiya, dasturlash, muhandislik grafikasi, 3 o’lchamli modellashtirish kabi sohalar mutaxassislari hisoblanishadi va «Renewable Energy», «Electrical Engineering», «Mechanical Engineering», «Mechatronics Systems Engineering», «Lift Engineering», «Information Systems Engineering» bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalariga mutaxassislik fanlaridan dars berishadi.
“Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi Energetika va muqobil energiya, elektrotexnika, lift muhandisligi sohalarida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlari bilan yaqindan aloqalar o’rnatgan. “TEXNOPARK” MCHJ, “TOSHAFUS” MCHJ, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti kabi tashkilotlarda kaferdraning filiallari tashkil etilgan. Kafedra filiallarida texnik yo’nalishlar talabalari uchun laboratoriya va amaliy darslar, hamda tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda ilmiy-izlanish ishlari, innovasion va amaliy loyihalar ustifa ishlar olib boriladi.
2021-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyat sohalari: Mashinasozlik, Elektrotexnika, Mexatronika. Akmal Rustamov ko‘plab ilmiy grantlar (TEMPUS, ERASMUS va EDISU)larga rahbarlik qilgan. U Italiya mashinasozlik muhandislari jamiyati va avtomobil muhandislari jamiyati a'zosi. Hozirgi kunga qadar xalqaro va respublika miqyosidagi 25 ta ilmiy-amaliy, ilmiy-texnik anjuman va seminarlarda, jumladan, 10 ta xalqaro va 12 ta respublika anjumanlarida chop etilgan, hamda 3 ta ixtiroga patent guvohnomasi olingan.
2022 yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi. Asosiy tadqiqot yo'nalishlari – Alternativ yonilg‘ili ichki yonuv dvigatellarida vodorod aralashmasidan foydalanish; Ichki yonuv dvigatellari; Avtomobil muhandisligi. Odilbek Ismailov, Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti “Avtomobil transporti” fakulteti talabasi. Avtotraktor dvigatellari kafedrasida “Issiqlik dvigatellari” ixtisosligi aspirant, Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi. Bir nechta halqaro loyihalarda loyihalarida ishtirok etgan.
2022 yil Sentabr oyidan buyon Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi Ph.D., dotsenti, lavozimida ishlab kelmoqda. Asosiy tadqiqot yo‘nalishlari – Avtomobil muhandisligi; Avtomobil mexatronikasi; Intellektual transport tizimlari. Yusupov Sarvarbek 2006 yili Andijon muhandislik va iqtisodiyot institutini “Avtomobil servisi” mutaxassisligini tamomlagan. Andijon mashinasozlik institutida pedagogik faoliyatini shakllantirgan. Faoliyati davomida xalqaro loyihalarida muvafaqqiyatli qatnashib, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Ruminiya, Italiya va Hindistonda pedagogik va ilmiy bilimlarini xorij tajribalari asosida oshirgan. 2020-2022 yillari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika univesritetini 05.08.06-“G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha tamomlab, “Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash” mavzusida texnika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasini olgan.
2021 yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetining Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi. Ratsional Mexanika va materiallarning mustahkamligi asoslarini o'rgatadi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida qurilish muhandisligi bo'yicha bakalavr va Germaniyaning Bochum shahridagi Rur universitetida hisoblash muhandisligi bo'yicha magistr darajasiga ega. Tadqiqot yo'nalishlariga konstruksiyalar dinamikasi, konstruksiya muhandisligi va dasturlash kiradi. Ushbu sohalarga bag'ishlangan bir nechta tadqiqot va sanoat bilan bog'liq loyihalarda qatnashgan.
2022 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib keladi. Asosiy tadqiqot yo'nalishlari – Sanoat 4.0 tizimi; Qayta tiklanuvchi energiya turlari; Avtomobil muhandisligi. Azimjon Abduvaxobov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini 2017 yil “Mashinasozlik” yo’nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan. Dunyo miqyosidagi sanoat va undagi boshqaruv bilimlarini o’rganish masqadida 2018-2021 yillar Italiyaning Turin shahrida joylashgan Politecnico di Torino universiteti magistratura bosqichini “Engineering and Management” yo’nalishida tahsil olgan. “UzChasys” korxonasida avtomobillarning ichki va tashqi yoritish chiroqlari mahalliylashtirish dasturi bo’yicha bir necha loyihalarda qatnashgan. Gidroenergetika sohasida ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib bormoqda.
2023 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida ish boshlagan. 2024-yilda Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti dotsenti unvonini oldi. Texnika fanlari doktori, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida muhandislik texnologiyasi bo‘yicha bakalavr va Turin politexnika universitetida mashinasozlik bo‘yicha magistr darajasi, Turin, Italiya. Bir qancha monografiya va ilmiy maqolalar muallifi, kitoblar, izohli ilmiy-texnik lug‘atlar muharriri. U O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Dassault Systemes kompaniyasidan Associate darajasida mexanik dizayn bo‘yicha sertifikat oldi. U akkreditatsiyadan o'tgan SOLIDWORKS o'qituvchisi sifatida ham sertifikatlangan. U bir qancha Erasmus loyihalarida faol ishtirok etgan.
2024 yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Mashinasozlik texnalogiyasi” kafedrasi mudiri yordamchisi. Asosiy yo'nalishlari - CAD/CAM tizimlari; CNC, elektrotexnika va elektr mashinalari muhandisligi. Lazizjon Mahmudov, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Mexatronika va Robota texnika” fakulteti magistranti. Universitetda amalga oshirilgan Muhandis D loyhasida ishtirok etib CNC label print machine loyhasini va shunga o’xshash loyhalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
2024 yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Mashinasozlik texnologiyalari” kafedrasi dotsenti. Asosiy tadqiqot yo'nalishlari – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va kamyob metallar metallurgiyasi (materialshunoslik yo’nalishi). Nomzodlik dissertatsiyasini 2021 yil Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi Ilmiy daraja beruvchi DsC 15/27.02.2020.Т.73.02 raqamli Ilmiy kengashda “Geterokompozit polimer quyma materiallar va qoplamalarning reologik parametrlari hamda texnologik xossalarini tadqiq etish” mavzusida, 05.02.01 – ixtisosligi bо‘yicha himoya qilgan. 2023 yildan buyon texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent. Ayni damda Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida O’zbekiston-Turkmaniston hamkorligi doirasida “Sanoat chiqindilari asosida gidrofob kimyoviy bardosh organomineral kompozit materiallarni ishlab chiqish va xossalarini tadqiqotlash” mavzusidagi amaliy loyiha katta ilmiy hodimi. O’zbekiston-Hindiston qo’shma amaliy loyihasi doirasida katta ilmiy xodim lavozimida ishtirok etib kelgan.
Texnika fanlari doktori Ilmiy faoliyati - Materialshunoslik, geterokompozit materialar asosida kompozitsion va nanomateriallar texnologiyasi bo‘yicha. O‘zbekiston Respublikasi miqyosida: Toshent davlat transport universiteti xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs 15/27.02.2020.T.73.02 raqamli ilmiy kengash, xamda Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04 raqamli ilmiy kengash a’zosi. Xalqaro miqyosida: Shrinagar milliy texnologiya instituti (Shrinagar, Xindiston) va Karabyuk universiteti (Karabyuk, Turkiya) PhD dissertatsiyalari bo‘yicha attestatsiya kommissiyasi a’zosi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ekspert gurixi a’zosi va Innovatsion va rivojlanish vazirligining ilmiy-texnik kengashi a’zosi.
ERASMUS-EDU-2022-CBHE-STRAND-2
Coordinator: Akmal Rustamov
Sarlavha: O'zbekistonda tibbiyot muhandisligi yo'nalishi bo'yicha yangi magistratura va malaka oshirish kurslari dasturlari
Annotatsiya
Loyiha Oʻzbekistonda tibbiy asboblarni oʻrnatish, texnik xizmat koʻrsatish va boshqarish boʻyicha mutaxassislar yetishmasligini bartaraf etishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi jahon bozori talablariga va Yevropa Ittifoqining ilg‘or tajribalariga javob beradigan innovatsion o‘quv dasturlari orqali O‘zbekistonda yangi tibbiy texnologiyalardan foydalangan holda tibbiyot muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqishdan iborat.
Loyihaning vazifalari: