Mashinasozlik texnologiyasi - mashina qismlari, texnologik asbob-uskunalar, mashinasozlik jihozlari va mahsulotlarni yig'ish uchun texnologik jarayonlarni nazariy tadqiq qilish, loyihalash va takomillashtirish bilan shug'ullanadigan tarmoq. Bunga texnik hisob-kitoblar, materiallar va ularni qayta ishlash usullarini tanlash, sifat nazorati, qismlarni tayyorlash va ulash qismlari va agregatlarini tayyorlash usullari, xususan, mashinasozlik sexlarini va umuman korxonalarni loyihalash, shuningdek, ular uchun ishlab chiqarishni tashkil etish kiradi.
Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi 2020 yilda «Mechanical Engineering», «Lift Engineering», «Mechatronics Systems Engineering» ta’lim yoʻnalishlari talabalari uchun ixtisoslashtirilgan, bitiruvchi kafedra sifatida tashkil etilgan.
Kafedra professor-o’qituvchilari mashinasozlik, gidravlika, mexatronika, avtomatizasiya, dasturlash, muhandislik grafikasi, 3 o’lchamli modellashtirish kabi sohalar mutaxassislari hisoblanishadi va «Renewable Energy», «Electrical Engineering», «Mechanical Engineering», «Mechatronics Systems Engineering», «Lift Engineering», «Information Systems Engineering» bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalariga mutaxassislik fanlaridan dars berishadi.
“Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi Energetika va muqobil energiya, elektrotexnika, lift muhandisligi sohalarida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlari bilan yaqindan aloqalar o’rnatgan. “TEXNOPARK” MCHJ, “TOSHAFUS” MCHJ, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti kabi tashkilotlarda kaferdraning filiallari tashkil etilgan. Kafedra filiallarida texnik yo’nalishlar talabalari uchun laboratoriya va amaliy darslar, hamda tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda ilmiy-izlanish ishlari, innovasion va amaliy loyihalar ustifa ishlar olib boriladi.
2021-yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyat sohalari: Mashinasozlik, Elektrotexnika, Mexatronika. Akmal Rustamov ko‘plab ilmiy grantlar (TEMPUS, ERASMUS va EDISU)larga rahbarlik qilgan. U Italiya mashinasozlik muhandislari jamiyati va avtomobil muhandislari jamiyati a'zosi. Hozirgi kunga qadar xalqaro va respublika miqyosidagi 25 ta ilmiy-amaliy, ilmiy-texnik anjuman va seminarlarda, jumladan, 10 ta xalqaro va 12 ta respublika anjumanlarida chop etilgan, hamda 3 ta ixtiroga patent guvohnomasi olingan.
2022 yildan Toshkentdagi Kimyo xalqaro universiteti katta o‘qituvchisi. “Issiqlik dvigatellari” mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturada tahsil olgan. “Dizel dvigatelining ish jarayonini issiqlik izolyatsion keramika qismlari bilan optimallashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. 40 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalari, 50 dan ortiq alohida o‘quv-uslubiy ishlarini chop etilgan, o‘quv jarayonlari uchun bir qancha animatsion ishlar va multimediali videoroliklar yaratgan.
Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori 2022 yil Sentabr oyidan buyon Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universitetining “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi Dotsent v.b. lavozimida ishlab kelmoqda. 2020-2022 yillari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika univesritetini 05.08.06-“G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha tamomlab, “Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash” mavzusida texnika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasini olgan. Ilmiy faoliyati davomida 7 ta ilmiy maqola, 3 ta dasturiy guvohnoma va 22 ta mahalliy va xorijiy konferensiyalarda ilmiy va tezis materiallari chop etilgan.
Mustaqil izlanuvchi, asosiy tadqiqot yoʻnalishi Oʻzbekiston Respublikasining hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda koʻp qavatli binolar uchun seysmik qarshilik hisoblarining chiziqli va chiziqli boʻlmagan tahlili hisoblanadi. Germaniyaning Bochum shahridagi Ruhr universitetida magistrlik darajasini olgan. 2021 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida dars berib kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 2 ta maqola hammuallifi boʻlgan.
2022 yilning Sentabr oyidan beri Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti da o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. Magistr darajasi 2018-2022 “Muhandislik va menejment” fakulteti Turin politexnika universiteti, Turin, Italiya. Ishtirok etgan asosiy loyihalari: "IKEA-da strategik tahlil" - kompaniyaning strategiyasi va ushbu bozordagi pozitsiyasini namoyish qilishda asosiy rol o'ynaydigan barcha strategik, moliyaviy va iqtisodiy ma'lumotlarni to'plash; "Plug-in gibrid elektr transport vositasi" - hozirgi elektr avtomobil bozorini tahlil qilish va bu bozorga qanday asosiy omillar ta'sir qilishi va elektromobil ishlab chiqarishning salbiy va ijobiy tomonlari analizi.
Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti dotsenti. U texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida muhandislik texnologiyasi bo‘yicha bakalavr va Italiyaning Turin politexnika universitetida mashinasozlik bo‘yicha magistr darajasiga ega. U bir qancha monografiya va ilmiy maqolalar muallifi, kitoblar, izohli ilmiy-texnik lug'atlar muharriri. O‘zbekistonda birinchilardan biri Dassault Systemes kompaniyasidan Associate darajasida mexanik dizayn sertifikatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, u akkreditatsiyadan o'tgan SOLIDWORKS o'qituvchisi sifatida sertifikatlangan. U bir nechta Erasmus loyihalarida faol ishtirok etgan.
Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, 2023 yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti dotsenti. “Gidrotexnika va meliorativ qurilish” ilmiy yo‘nalishi, ilmiy tadqiqot mavzusi “Mavsumiy tartibga solinadigan suv omborlari bo‘lgan yirik nasos stansiyalarining ish rejimlarini takomillashtirish”. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot institutida “Gidrotexnika va melioratsiya qurilish” mavzusida dissertatsiya yoqlagan.
ERASMUS-EDU-2022-CBHE-STRAND-2
Coordinator: Akmal Rustamov
Sarlavha: O'zbekistonda tibbiyot muhandisligi yo'nalishi bo'yicha yangi magistratura va malaka oshirish kurslari dasturlari
Annotatsiya
Loyiha Oʻzbekistonda tibbiy asboblarni oʻrnatish, texnik xizmat koʻrsatish va boshqarish boʻyicha mutaxassislar yetishmasligini bartaraf etishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi jahon bozori talablariga va Yevropa Ittifoqining ilg‘or tajribalariga javob beradigan innovatsion o‘quv dasturlari orqali O‘zbekistonda yangi tibbiy texnologiyalardan foydalangan holda tibbiyot muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqishdan iborat.
Loyihaning vazifalari: