• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
Til
  • English
  • Русский
  • O'zbekcha
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet
    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    KIUT Shop
    Talabalar uyushmasi
    Kafedralar
    Bo'limlar
  • Dasturlar
    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    Muhandislik maktabi
    Biznes va moliya maktabi
    Taʼlim maktabi
    Sanʼat maktabi
    Tibbiyot maktabi
  • Qabul
    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    Qabul Toshkent shahri
    Qabul Namangan shahri
    Qabul Samarqand shahri
    MBA AlmaU
  • Tadqiqot
    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    Doktorantura
    Innovatsion markaz
    Ilmiy jurnallar
    Ilmiy boʻlim
  • Filiallar
    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

“Tarix” kafedrasi

Bo‘lajak tarixchi mutaxassis tayyorlash. O‘zbekiston va jahon tarixining asosiy voqealarini ilmiy, nazariy jihatdan bilish, mushohada va tahlil qila olishga yo‘naltirilgan fanlarni o‘qitish orqali, tarix fanining nazariy va uslubiy bilim, ko‘nikma, malaka va kasbiy kompitensiyalarini shakllantirish.

Tarix yo‘nalishida o‘qitishning samaradorligini oshirish, talabalar ilmiy saviyasini ko‘tarish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:

  • tahsil olayotgan talabalarning o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha sifatli ta'lim olishlari uchun yetarli o‘quv - uslubiy baza yaratish;
  • mikrotarix syujetlari va makrotarix davrlarini anglash;
  • tarix yaratuvchilari: buyuk shaxslar va oddiy insonlar taqdirini kuzatish;
  • qadimgi va yangi davr xaritalarni qiyoslash;
  • tarixiy manbalarni his qilish;
  • raqamli tarix: tarixni Big date, GIS , AR va VR , sun'iy intellekt texnologiyalari bilan yaratish;
  • innovatsion va kreativ tarixchi olimlar bilan real hamkorlik qilish;
  • yo‘nalish talabalarining tarbiyaviy ish sohasini mukammal egallashlariga alohida e'tibor qaratish va bu boradagi ishlarni rejali amalga oshirish;
  • ta'lim samaradorligini oshirishda professor-o‘qituvchilar tomonidan seminar – trening hamda interfaol dars turlarini doimiy ravishda tashkil etish.

Dastur maqsadi
“Tarix” taʼlim yunalishining maqsadlari quyidagilardan iborat: tahsil olayotgan talabalarning oʼzlari tanlagan yoʼnalish boʼyicha sifatli taʼlim olishlari uchun yetarli oʼkuv-uslubiy baza yaratish, mikrotarix syujetlari va makrotarix davrlarini aniqlashtirish hamda uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, tarix yaratuvchilari, qadimgi va yangi davr xaritalarini qiyoslagan holda maʼruza matnlari tayyorlash, innovatsion va kreativ tarixchi olimlar bilan real hamkorlik qilish, yoʼnalish talabalarining tarbiyaviy ish sohasini mukammal egallashlariga alohida eʼtibor qaratish va bu boradagi ishlarni rejali amalga oshirishga qaratilgan. 

Natija
"Tarix" taʼlimi yoʼnalishi bitiruvchilari xususiy, davlat va xalqaro taʼlim muassasalarida, taʼlimning boshqaruv organlarida, ilmiy-maʼrifiy, tadqiqot institutlarida, muzey va arxivlarda, nodavlat va notijorat tashkilotlarda, xususan, siyosiy partiyalarda foaliyat olib borishlari mumkin.

Kafedraning ichki raqami: ( - )

Zamonov Akbar Turginovich
Zamonov Akbar Turginovich
Kafedra Mudiri

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (2017), Katta ilmiy xodim, (dotsent, 2019), professor (2023), tarix fanlari doktori (2024) A.T.Zamonov 2013-yilda Xalq ta’limi vazirligining “O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. O‘zbekiston tarixi ixtisosligi mutaxassisi. O'zbekistonning o'rta asr davlatchiligi tarixiga oid tadqiqotlar olib boradi. 2022-yilning 16-avgustidan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” kafedrasi mudiri lavozimiga ishlab kelmoqda. A.T.Zamonov bugunga qadar 7 ta monografiya, 10 ga yaqin risola, 100 dan ortiq ilmiy, ilmiy-metodik ishlar, jumladan 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, shuningdek, o‘quv-uslubiy yo‘nalishda ham 40 ga yaqin maqola, tezis va uslubiy tavsiyanomalar muallifi. Shuningdek, u umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 5 ta darslik hammuallifi, oliy ta’lim muassasalari uchun 7 ta darslik, 30 ga yaqin o'quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi.

Xalmuminov Ulug’bek Raxmatullayevich
Xalmuminov Ulug’bek Raxmatullayevich
Dotsent

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (2022), dotsent v.b. 2022-yilning 16-avgustidan Toshkent Kimyo halqaro universitetining “Tarix” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. U.R. Xalmuminov bugunga qadar 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Shuningdek, u umumiy o‘rta taʼlim muassasalari uchun 7-sinf (O‘zbekiston tarixi. 2022) taqrizchisi hisoblanadi. Xalmuminov Ulugbek Raxmatullayevich yoshlar o‘rtasida O‘zbekistonning madaniy meros va arxeologik obʼektlarini asrab avaylashni targ‘ib etishda ishtirok etgan. Jumladan, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi tarkibida “O‘zbekiston tarixi” telekanali tashkil etilgach, 10 dan ortiq ko‘rsatuvlarda bir qator ilmiy yangiliklar va ochiq darslar bilan ishtirok etgan. Xususan, internetning YouTube tarmog‘ida U.R. Xalmuminov ishtirokidagi 10 ga yaqin ko‘rsatuvlar joylashtirilgan.

Narziyev Nabijon Narmurodovich
Narziyev Nabijon Narmurodovich
Dotsent

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (2022). 2023-yilning 22-avgustidan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” kafedrasida dotsent v.b. lavozimida ishlab kelmoqda. Mutaxassisligi bo‘yicha tarixchi, etnolog va antropolog hisoblanadi. Nabijon Narziyev bugunga qadar 1 ta monografiya (hammualliflikda), 1 ta oliy ta’lim talabalari uchun o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Asosan: etnologiya, tarixiy o‘lkashunoslik, islom sivilizasiyasi, toponimika, tarixiy antropolologiya fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradi. Ilmiy izlanishlari asosan etnolingvistika, etiket madaniyati, o‘zbeklar antropologiyasi.

Ismoilov Akmal Islom o'g'li
Ismoilov Akmal Islom o'g'li
O'qituvchi

2022-yilning 16-avgustidan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” kafedrasida “Jahon tarixi” fanidan o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. A.I.Ismoilov bugunga qadar 4 ta ilmiy maqola muallifi. Ismoilov Akmal Islom o'g'li yoshlar o'rtasida tarix fanining targ'ib qilinishi, ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalash yo'lidagi faoliyati doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2022-2023-o'quv yilida “O'zbekiston tarixi” telekanali orqali o'tkazilib kelinayotgan “Evrika” ko'rsatuvlarida talabalarning faol ishtiroki taminlanishida xizmat ko'rsatib kelmoqda. Universitetda tarix yo'nalishi talabalari uchun (chet tili) rus tili to'garagini tashkil qilgan.

Saydalieva Shodiya Usmonqulovna
Saydalieva Shodiya Usmonqulovna
Katta o'qituvchi

Saydaliyeva Shodiya Usmankulovna 2022 yildan beri Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida shlab kelmoqda. U 10 yildan beri ilmiy-pedogogik faoliyat yuritib kelmoqda. Saydaliyeva Shodiya tarix va siyosatshunoslik sohalarida ilmiy izlanish olib bormoqda. Bu boradi uning 10 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan va O'zbekiston tarixi yo'nalishida o'quv qo'llanma muallifi.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Toshkent
Kimyo
Xalqaro
Universiteti

© 2018 - 2025 KIUT.
Barcha huquqlar himoyalangan

Dars jadvallari Intranet Intranet (Sirtqi taʼlim) Kutubxona E-pochta Talabalar baholari Talabalarning davomati Davomat
100121 Toshkent, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy
+998 78 129 40 40
info@kiut.uz

Bizni kuzatib boring