Bo‘lajak tarixchi mutaxassis tayyorlash. O‘zbekiston va jahon tarixining asosiy voqealarini ilmiy, nazariy jihatdan bilish, mushohada va tahlil qila olishga yo‘naltirilgan fanlarni o‘qitish orqali, tarix fanining nazariy va uslubiy bilim, ko‘nikma, malaka va kasbiy kompitensiyalarini shakllantirish.
Tarix yo‘nalishida o‘qitishning samaradorligini oshirish, talabalar ilmiy saviyasini ko‘tarish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:
Dastur maqsadi
“Tarix” taʼlim yunalishining maqsadlari quyidagilardan iborat: tahsil olayotgan talabalarning oʼzlari tanlagan yoʼnalish boʼyicha sifatli taʼlim olishlari uchun yetarli oʼkuv-uslubiy baza yaratish, mikrotarix syujetlari va makrotarix davrlarini aniqlashtirish hamda uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, tarix yaratuvchilari, qadimgi va yangi davr xaritalarini qiyoslagan holda maʼruza matnlari tayyorlash, innovatsion va kreativ tarixchi olimlar bilan real hamkorlik qilish, yoʼnalish talabalarining tarbiyaviy ish sohasini mukammal egallashlariga alohida eʼtibor qaratish va bu boradagi ishlarni rejali amalga oshirishga qaratilgan.
Natija
"Tarix" taʼlimi yoʼnalishi bitiruvchilari xususiy, davlat va xalqaro taʼlim muassasalarida, taʼlimning boshqaruv organlarida, ilmiy-maʼrifiy, tadqiqot institutlarida, muzey va arxivlarda, nodavlat va notijorat tashkilotlarda, xususan, siyosiy partiyalarda foaliyat olib borishlari mumkin.
Kafedraning ichki raqami: ( - )
Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (2017), Katta ilmiy xodim, (dotsent, 2019) A.T.Zamonov 2013-yilda Xalq ta’limi vazirligining “O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. O'zbekiston tarixi ixtisosligi mutaxassisi. O'zbekistonning o'rta asr davlatchiligi tarixiga oid tadqiqotlar olib boradi. 2022-yilning 16-avgustidan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” kafedrasi mudiri (29-avgustdan professor v.b.) lavozimiga ishlab kelmoqda. A.T.Zamonov bugunga qadar 4 ta monografiya, 10 ga yaqin risola, 90 dan ortiq ilmiy, ilmiy-metodik ishlar, jumladan 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, shuningdek, o'quv-uslubiy yo'nalishda ham 40 ga yaqin maqola, tezis va uslubiy tavsiyanomalar muallifi. Shuningdek, u umumiy o'rta ta’lim muassasalari uchun 5 ta darslik hammuallifi, oliy ta’lim muassasalari uchun 2 ta darslik, 30 ga yaqin o'quv, o'quv-uslubiy qo'llanmalar muallifi hisoblanadi
Tarix fanlari nomzodi (2000), Katta ilmiy xodim, (dotsent, 2019). O'zbekiston tarixi ixtisosligi mutaxassisi. Ilmiy qiziqishlari doirasi- O'zbekistonning eng yangi tarixi, intellektual va og'zaki tarix, antropologiya, axborot texnologiyalar tarixi va i raqamli tarix (digital history) masalalari. 2022 yilning 23 vgustidan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. I.M. Shamsieva bugunga qadar 1 ta darslik, 100 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlar: o'quv va o'quv metodik qo'llanma, risola, ilmiy maqola va tezislar muallifi. Ayni paytda “O'zbekistonda axborot va raqamli texnologiyalar: rivojlanish tendentsiyalari, muammo va istiqbollari (tarixiy tahlil) 1991-2021 yy.)” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasi ustida taqiqot olib bormoqda.
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (2022), dotsent v.b. 2022-yilning 16-avgustidan Toshkent Kimyo halqaro universitetining “Tarix” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. U.R. Xalmuminov bugunga qadar 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Shuningdek, u umumiy o‘rta taʼlim muassasalari uchun 7-sinf (O‘zbekiston tarixi. 2022) taqrizchisi hisoblanadi. Xalmuminov Ulugbek Raxmatullayevich yoshlar o‘rtasida O‘zbekistonning madaniy meros va arxeologik obʼektlarini asrab avaylashni targ‘ib etishda ishtirok etgan. Jumladan, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi tarkibida “O‘zbekiston tarixi” telekanali tashkil etilgach, 10 dan ortiq ko‘rsatuvlarda bir qator ilmiy yangiliklar va ochiq darslar bilan ishtirok etgan. Xususan, internetning YouTube tarmog‘ida U.R. Xalmuminov ishtirokidagi 10 ga yaqin ko‘rsatuvlar joylashtirilgan.
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (2022). 2023-yilning 22-avgustidan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” kafedrasida dotsent v.b. lavozimida ishlab kelmoqda. Mutaxassisligi bo‘yicha tarixchi, etnolog va antropolog hisoblanadi. Nabijon Narziyev bugunga qadar 1 ta monografiya (hammualliflikda), 1 ta oliy ta’lim talabalari uchun o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Asosan: etnologiya, tarixiy o‘lkashunoslik, islom sivilizasiyasi, toponimika, tarixiy antropolologiya fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradi. Ilmiy izlanishlari asosan etnolingvistika, etiket madaniyati, o‘zbeklar antropologiyasi.
2022-yilning 16-avgustidan Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Tarix” kafedrasida “Jahon tarixi” fanidan o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. A.I.Ismoilov bugunga qadar 4 ta ilmiy maqola muallifi. Ismoilov Akmal Islom o'g'li yoshlar o'rtasida tarix fanining targ'ib qilinishi, ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalash yo'lidagi faoliyati doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2022-2023-o'quv yilida “O'zbekiston tarixi” telekanali orqali o'tkazilib kelinayotgan “Evrika” ko'rsatuvlarida talabalarning faol ishtiroki taminlanishida xizmat ko'rsatib kelmoqda. Universitetda tarix yo'nalishi talabalari uchun (chet tili) rus tili to'garagini tashkil qilgan.