• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
Til
  • English
  • Русский
  • O'zbekcha
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet
    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    KIUT Shop
    Talabalar uyushmasi
    Kafedralar
    Bo'limlar
  • Dasturlar
    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    Muhandislik maktabi
    Biznes va moliya maktabi
    Taʼlim maktabi
    Sanʼat maktabi
    Tibbiyot maktabi
  • Qabul
    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    Qabul Toshkent shahri
    Qabul Namangan shahri
    Qabul Samarqand shahri
    MBA AlmaU
  • Tadqiqot
    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    Doktorantura
    Innovatsion markaz
    Ilmiy jurnallar
    Ilmiy boʻlim
  • Filiallar
    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar

Kafedralar

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Kafedralar

“Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi

 

Energetika – bu insonning iqtisodiy faoliyati sohasi, barcha turdagi energiya resurslarini o'zgartirish, taqsimlash va ulardan foydalanishga xizmat qiluvchi yirik tabiiy va sun'iy quyi tizimlar to'plami. Uning maqsadi birlamchi, tabiiy energiyani ikkilamchisiga, masalan, elektr yoki issiqlik energiyasiga aylantirish orqali energiya ishlab chiqarishni ta'minlashdir.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda energetika sohasini takomillashtirishga e’tibor unchalik katta bo‘lmagan. Aholi soni ko’payishi, sanoat va ishlab chiqarishning keskin rivojlanishi natijasida energiyaga bo‘lgan ehtiyoj ham sezilarli darajada oshdi. 
Sanoat rivojida muqobil va qayta tiklanadigan energiya alohida o‘rin tutadi.

Energetika, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbaalari sohalarida yuqori malakali mutaxassislarga talab nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyoda oshib borayotganligini inobatga olgan holda, 2018 yil Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida “Renewable Energy” bakalavr ta’lim yo’nalishi, hamda “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi tashkil qilindi. “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi “Renewable Energy” va “Electrical Engineering” bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mutaxassislik kaferdasi hisoblanadi. 

Kafedra professor-o’qituvchilari Energetika, elektrotexnika, mexatronika, avtomatizasiya, dasturlash kabi sohalar mutaxassislari hisoblanishadi va «Renewable Energy», «Electrical Engineering», «Mechanical Engineering», «Mechatronics Systems Engineering», «Lift Engineering», «Information Systems Engineering» bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalariga mutaxassislik fanlaridan dars berishadi. 

“Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi Energetika va muqobil energiya, elektrotexnika, lift muhandisligi sohalarida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlari bilan yaqindan aloqalar o’rnatgan. “TEXNOPARK” MCHJ, “TOSHAFUS” MCHJ, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti kabi tashkilotlarda kaferdraning filiallari tashkil etilgan. Kafedra filiallarida texnik yo’nalishlar talabalari uchun laboratoriya va amaliy darslar, hamda tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda ilmiy-izlanish ishlari, innovasion va amaliy loyihalar ustifa ishlar olib boriladi. 

Kafedraning ichki raqami: ( 183 - 144 )

Kamaliddin Abdivaxidov
Kamaliddin Abdivaxidov
Kafedra Mudiri

2020 yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi mudiri. Asosiy tadqiqot yo'nalishlari - CAD/CAE/CAM tizimlari; Elektrotexnika va elektr mashinalari; Avtomobil muhandisligi. Kamaliddin Abdivahidov, Toshkent avtomobil-yo‘l instituti “Avtomobilsozlik” fakulteti magistranti. Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Politecnico di Torino (Italiya)da ilmiy xodim sifatida akademik bilim va tajribasini chuqurlashtirdi. U Oʻzbekistonda taʼlim va sanoat uchun mashinasozlik va qayta tiklanadigan energiyaga yoʻnaltirilgan bir qancha innovatsion loyihalarni boshqargan va muvaffaqiyatli amalga oshirgan. U Siemens PLM, Dassault Systemes, Hexagon MI kompaniyalarining turli loyihlarida ham ishtirok etgan.

Xudayqulov Savet Ishankulovich
Xudayqulov Savet Ishankulovich
Professor

Texnika fanlari doktori. 2022 yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti professori. Tadqiqotning asosiy yo'nalishi – Gidravlikadir. 40 yildan ortiq pedagogik tajribaga ega. 250 dan ortiq ilmiy maqola chop etgan.

Hidirova Mohiniso
Hidirova Mohiniso
Professor

Texnika fanlari doktori Hidirova M.B. ilmiy va pedagogik faoliyatda 30 yillik tajribaga ega. «Modelling and Simulation of Mechatronic System», «Simulation and Technical Diagnostics», «Big Data» mutaxassisliklari bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Hidirova M.B. «Central Asian Academic Journal of Scientific Research» jurnali tahririyat hay’ati a’zosi. Hidirova M.B. tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ish, shu jumladan 2 monografiya, 1 darslik nashr etilgan.

Platoshina Malika
Platoshina Malika
Katta o'qituvchi

2022 yildan Toshkent kimyo xalqaro universiteti «Energetika va amaliy fanlar» kafedrasi katta o‘qituvchisi. Tadqiqotning asosiy yo'nalishlari - materialshunoslik, konstruktiv materiallar texnologiyasi; Mashinasozlik. I.A. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti magistri. U Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik malaka institutida 05.02.01-“ Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metal- larga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” ixtisosligi boʻyicha doktorlik (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchi hamda “Issiqlik bilan ishlov berishda fazaviy o‘zgarishlarning uglerodli va legirlangan po'latlar chidamliligiga ta’siri” mavzusida dissertatsiya ustida ishlamoqda. ". U 34 ta ilmiy maqola, shu jumladan 6 ta qoʻllanma chop etgan.

Musurmonov Madumar
Musurmonov Madumar
Katta o'qituvchi

2021 yildan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Asosiy tadqiqot yo‘nalishlari – Mashinasozlik; Qayta tiklanadigan energiya muhandisligi; Issiqlik va gidravlik tizimlar. Madumar Musurmonov, Politecnico di Torino (Italiya) Mashinasozlik yo‘nalishi magistri. Politecnico di Torino energetika bo‘limida geotermal energiya va isitish tizimi bo‘yicha tadqiqot olib bordi. U O‘zbekistonda ta’lim va sanoat uchun mashinasozlik va qayta tiklanadigan energiya bo‘yicha bir qancha innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda qatnashgan. Shuningdek, u Erasmus, Jahon banki va boshqalarning turli loyihalarida ishtirok etgan.

Sardor Musurmonov
Sardor Musurmonov
Kafedra ish yurutuvchisi

2023-yil fevraldan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) Energetika va amaliy fanlar kafedrasi xodimi. Asosiy yo'nalishlari - CAD/CAM tizimlari; elektrotexnika va elektr mashinalari muhandisligi, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Muqobil energetika” yo’nalishi bakalavr, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Mexatronika va Robota texnika” fakulteti magistranti bo’lib o’qishni davom ettirmoqda. Universitetda amalga oshirilgan Muhandis D loyhasida va shunga o’xshash loyhalarda ishtirok etgan.

Ikram Matyakubov
Ikram Matyakubov
Katta o'qituvchi

2022 yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Ilmiy bo’limda etakchi mutaxassis”. 2024 yildan Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi. Asosiy tadqiqot yo'nalishlari – Zamonaviy qishloq xo’jalik texnikalari motor moylari resursini aniqlash va taxlil qilish; Traktor va avtomobillar, Yo’l xarakati qoidalari, General motors Global ishlab chiqarish tizimi, Raqamli ishlab chiqarish jarayoni va texnologiyalar dizayni. Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash institute Milliy tadqiqotlar Universitetida Rezurs tejamkor texnologiyalarni tadbiq qilish ilmiy loyihalarda qatnashdi Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti Global ishlab chiqarish tizimini tadbiq qilish bo’yicha loyiha koordinatori, Toshkent Irrigasiya va Qishloq Xo’jaligini mexanizatsiyalash injinerlari instituti Traktor va avtomobillar kafedrasi assistenti, Geo Informasion Tizimlar markazi mutaxassisi va Xalqaro loyihalarda ishtiroq etgan.

Giyasova Feruza
Giyasova Feruza
Professor

2024 yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi professori. Asosiy tadqiqot yo'nalishlari: yarimo'tkazgichli tuzilmalarni tadqiq qilish va ishlab chiqish, optoelektron qurilmalar uchun yarimo'tkazgichli qurilmalarni yaratish. 2008 yildan boshlab "Yarim o'tkazgichlar fizikasi" mutaxassisligi bo'yicha fizika-matematika fanlari nomzodi. 2024 yildan boshlab “Yarim o'tkazgichlar fizikasi” mutaxassisligi bo'yicha texnika fanlari doktori (DSc). O'zR FA Fizika-texnika institutining yetakchi ilmiy xodimi bo'lganida, mikroelektronika va fotoenergetika tizimlari uchun ko'p funktsiyali yarimo'tkazgichli qurilmalar va ular asosidagi qurilmalarni ishlab chiqish, tadqiq etishga, shuningdek, “FOTON” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan kremniyli diod va tranzistor tuzilmalarining parametrlarini boshqarish va sozlash uchun yarimo'tkazgichli tuzilmalarni qayta ishlashning yangi usullarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarining rahbari va ishtirokchisi bo'lgan.

Click to link to download - include a link to the PDF!

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Toshkent
Kimyo
Xalqaro
Universiteti

© 2018 - 2025 KIUT.
Barcha huquqlar himoyalangan

Dars jadvallari Intranet Intranet (Sirtqi taʼlim) Kutubxona E-pochta Talabalar baholari Talabalarning davomati Davomat
100121 Toshkent, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy
+998 78 129 40 40
info@kiut.uz

Bizni kuzatib boring