Energetika – bu insonning iqtisodiy faoliyati sohasi, barcha turdagi energiya resurslarini o'zgartirish, taqsimlash va ulardan foydalanishga xizmat qiluvchi yirik tabiiy va sun'iy quyi tizimlar to'plami. Uning maqsadi birlamchi, tabiiy energiyani ikkilamchisiga, masalan, elektr yoki issiqlik energiyasiga aylantirish orqali energiya ishlab chiqarishni ta'minlashdir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda energetika sohasini takomillashtirishga e’tibor unchalik katta bo‘lmagan. Aholi soni ko’payishi, sanoat va ishlab chiqarishning keskin rivojlanishi natijasida energiyaga bo‘lgan ehtiyoj ham sezilarli darajada oshdi.
Sanoat rivojida muqobil va qayta tiklanadigan energiya alohida o‘rin tutadi.
Energetika, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbaalari sohalarida yuqori malakali mutaxassislarga talab nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyoda oshib borayotganligini inobatga olgan holda, 2018 yil Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida “Renewable Energy” bakalavr ta’lim yo’nalishi, hamda “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi tashkil qilindi. “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi “Renewable Energy” va “Electrical Engineering” bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mutaxassislik kaferdasi hisoblanadi.
Kafedra professor-o’qituvchilari Energetika, elektrotexnika, mexatronika, avtomatizasiya, dasturlash kabi sohalar mutaxassislari hisoblanishadi va «Renewable Energy», «Electrical Engineering», «Mechanical Engineering», «Mechatronics Systems Engineering», «Lift Engineering», «Information Systems Engineering» bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalariga mutaxassislik fanlaridan dars berishadi.
“Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi Energetika va muqobil energiya, elektrotexnika, lift muhandisligi sohalarida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlari bilan yaqindan aloqalar o’rnatgan. “TEXNOPARK” MCHJ, “TOSHAFUS” MCHJ, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti kabi tashkilotlarda kaferdraning filiallari tashkil etilgan. Kafedra filiallarida texnik yo’nalishlar talabalari uchun laboratoriya va amaliy darslar, hamda tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda ilmiy-izlanish ishlari, innovasion va amaliy loyihalar ustifa ishlar olib boriladi.
Kafedraning ichki raqami: ( 183 - 144 )
2020 yildan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Energetika va amaliy fanlar” kafedrasi mudiri. Asosiy tadqiqot yo'nalishlari - CAD/CAE/CAM tizimlari; Elektrotexnika va elektr mashinalari; Avtomobil muhandisligi. Kamaliddin Abdivahidov, Toshkent avtomobil-yo‘l instituti “Avtomobilsozlik” fakulteti magistranti. Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Politecnico di Torino (Italiya)da ilmiy xodim sifatida akademik bilim va tajribasini chuqurlashtirdi. U Oʻzbekistonda taʼlim va sanoat uchun mashinasozlik va qayta tiklanadigan energiyaga yoʻnaltirilgan bir qancha innovatsion loyihalarni boshqargan va muvaffaqiyatli amalga oshirgan. U Siemens PLM, Dassault Systemes, Hexagon MI kompaniyalarining turli loyihlarida ham ishtirok etgan.
2019-yil maydan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti prorektori. Muntazam ravishda xalqaro va milliy o‘quv seminarlarida qatnashadi. Germaniyaning FESTO-Didactics (2010-2012), Siemens (2011), IDEAL PLM Systems (2013) kabi yetakchi universitet va korxonalarida amaliyot o‘tab, malaka oshirish kurslarini tamomlagan. Danfoss Power Solutions (2014-2016), Digital Manufacturing & Design Technology (2020), Kaizen Mentor Training dasturi (2022). U texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega. 35 ta ilmiy maqolalar muallifi. Ixtiro uchun 2 ta patentga ega. 12 ta davlat, ilmiy va innovatsion loyihalarni boshqargan. “Mexatronika” maktabiga asos solgan.
Texnika fanlari doktori Ilmiy va pedagogik ish faoliyati 27 yil. “Modelling and Simulation of Mechatronic System” fanidan magisturada ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar olib boradi. Xidirova M.B. Ilmiy Kengashi azosi bulib, 05.01.07 - “Matematik modifikatsiya. Sonli usullar va dasturlar mazhmui” ixtisosligi buicha ilmiy seminar a’zosi sifatida va “Central Asian Academic Journal of Scientific Research” jurnali tahrir hayoti a’zosi sifatida attestation of zharayonida faol ishtirok etadi. Xidirova M.B. olingan 200 dan ortiq ish elon qilingan, shulardan.
Texnika fanlari doktori Ilmiy faoliyati - Materialshunoslik, geterokompozit materialar asosida kompozitsion va nanomateriallar texnologiyasi bo‘yicha. O‘zbekiston Respublikasi miqyosida: Toshent davlat transport universiteti xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs 15/27.02.2020.T.73.02 raqamli ilmiy kengash, xamda Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04 raqamli ilmiy kengash a’zosi. Xalqaro miqyosida: Shrinagar milliy texnologiya instituti (Shrinagar, Xindiston) va Karabyuk universiteti (Karabyuk, Turkiya) PhD dissertatsiyalari bo‘yicha attestatsiya kommissiyasi a’zosi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ekspert gurixi a’zosi va Innovatsion va rivojlanish vazirligining ilmiy-texnik kengashi a’zosi.
Texnika fanlari doktori 2022 yil Avgust oyidan beri Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida (KIUT) Dotsent vazifasida ishlab kelmoqda. 2019 yil Pekin shahridagi Tsinghua Universitetin tamomlab mashinasozlik yo`nalishida doktorlik darajasini (PhD) qo`lga kiritgan va Hitoy davlatidagi Guangxi Liugong Machinery kompanyasida bosh muhandis bo`lib ishagan. Ilmiy qiziqishlari mashinasozlik, Tribologiya, Gidravlika va supermoylovchi muhandislik tizimlari uchun yangi materiallar thxnologiyasini o`z ichiga oladi. 7ta SCI/EI indeksli jurnallarda ilmiy maqolalari chop etilgan.
Ilmiy va pedagogik ish faoliyati 3 yil. “Introduction to mechanical engineering” va “Material science” fanidan bakalavrlarda maʼruza va amaliy mashgʼulotlar olib boradi. Platoshina M.M. Toshkent shahridagi qo'shma Belarus-O'zbekiston tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining 05.02.01-“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Kora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” mutaxassisligi boʼyicha doktaranturaga (PhD) “Issiq shtamplash asbobini qattiqlashtirish texnologiyasini ishlab chiqish” nomli dissertatsiya ustida mustakil tadqiqotchi sifatida ish olib bormoqda. Platoshina M.M. tomonidan 20 ilmiy ishlar eʼlon qilingan, shulardan 4 ta o'quv qo'llanma
Muhammad Maftun 12 yilga yaqin pedagogik tajribaga ega, 2019 yildan buyon Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida dars berib kelmoqda. Doktorlik (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchi. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti magistraturasini tamomlagan. Asosiy qiziqish yo'nalishlari - raqamli gidravlika va qishloq xo'jaligi texnikasini raqamlashtirish. Machine learning, mexatronika va avtonom tizimlar ham qiziqish sohalariga kiradi. Muhammad Maftunning 5 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.
2019-yildan buyon Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, Energetika va amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi. 13 yillik ilmiy-pedagogik mehnat faoliyatiga ega. Fizika, elektrotexnika va elektr ta'minoti fanlari bo'yicha bakalavrlar uchun ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar olib boradi, 4 marta kasbiy mahorat musobaqalari o'tkazgan. Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetining magistratura darajasini olgan. Yigirma to'rtta ilmiy maqolalar muallifi, shundan 2 tasi qo'llanma.
Madumar Musurmonov “Mashina oʻrganishga asoslangan qishloq xoʻjaligi texnikasining gidravlika va boshqaruvchi hududiy tarmogʻini (CAN) baholash” mutaxassisligi boʻyicha doktorlik (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchi. 2021 yildan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti katta o‘qituvchisi. Magistrlik darajasini Italiyaning Turin shahridagi Turin politexnika universitetida olgan. 3 ta ilmiy maqolasi chop etilgan.
2023-yil fevraldan Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) Energetika va amaliy fanlar kafedrasi xodimi. Asosiy qiziqish yo'nalishlari - qayta tiklanadigan energiya, ya'ni geotermaldir.