Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Ijtimoiy - gumanitar fanlar” kafedrasi 2018 yilda tashkil qilingan. Hozirgi kunda kafedrada 2 ta fan nomzodi (PhD), 2 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar soatbay asosida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar mavjud. Kafedra universitetda bakalavr ta'lim bosqichida barcha yo‘nalishlarda “History of Uzbekistan”, “World History and Geography”, “Histoy of Science”, “Ancient history and Archeology”, “Medieval History”, “History of Art and Religion”, “Introduction to History”, “Philosophy”, “Understanding culture” shuningdek, magistratura bosqichida “Research Methodology” kabi fanlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tiladi. Kafedra tomonidan o‘quv yilida davomida kafedra ish rejasidan kelib chiqqan holda madaniy va ma'rifiy tadbirlar tashkil etilib boriladi.
Kafedraning asosiy maqsad va faoliyat yo‘nalishlari:
“Ijtimoiy - gumanitar fanlar” kafedrasi O‘zbekiston Respublikisida mavjud barcha soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayogan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar hamda ta'lim muasassalariga yetuk kadrlar yetkazib berishda hamda talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonida yuqori saviyada xizmat qilishni o‘z oldiga maqsad qiladi.
Shuningdek;
Kafedra mudiri: Jumaev To’lqin Holmuridiviuch
Qabul kunlari: xar kuni soat 10-00 dan 17-00 gacha
Elektron manzil: t.jumayev@kiut.uz
Kafedra tarkibi:
Internal number of the department: ( - )
Jumayev To'lqin Xolmurodovich 2002 yilda O'zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti “Tarix” ixtisosligi bo'yicha bakalavriat bosqichini tugatgan. 2004 yilda Yevropa ittifoqining TASSIS TEMPUS granti asosida “Xalqaro munosabatlar nazariyasi va tarixi” ixtisosligi bo'yicha magistrlik darajasini tugatgan. Umumiy 15 yil ish stajiga ega. Jumayev To'lqin Xolmurodovich 2020 yil 25 avgustda O'zbekiston milliy universiteti huzuridagi 23.00.03 – “Siyosiy madaniyat va mafkura” ixtisosligisiyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori darjasini olish uchun “O'zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari o'rtasidagi ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlikning rivojlanish tendentsiyalari” mavzusida himoya qilgan. Natijada mazkur ilmiy daraja 2020 yil 30 sentyabrda berilgan. Jumayev To'lqin Xolmurodovich Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektorining 2020 yil 2 oktyabrda 140-01-sonli buyrug'i bilan “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga ishga qabul qilindi. Jumayev To'lqin Xolmurodovich tomonidan jami 30 ta ilmiy-uslubiy ishlar shu jumladan, 1 ta uslubiy ko'rsatma e'lon qilgan. Dissertatsiya himoyasidan keyin 11 ta ilmiy-uslubiy ishlar e'lon qilgan, shulardan 1 ta o'quv qo'llanma (hammualliflikda), 1 ta o'quv-uslubiy qo'llanma, , 1 ta monografiya 3 ta ilmiy maqola va 5 ta xalqaro va respublika konferentsiyalaridagi maqola va chop etilgan.
2022 yil Avgust oyidan beri Toshkent Shahridagi Kimyo Halqaro Universitetida (KIUT) Dotsent vazifasida ishlab kelmoqda. 22 yil pedagogic tajribaga ega. 2021 yilda 07.00.01 – O’zbekiston tarixi ixtisosligida tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) muvaffaqiyatli himoya qildi. Ilmiy qiziqishlari O’zbekiston va jahon tarixi madaniyatini o`z ichiga oladi. 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, shuningdek, Oʻzbekiston tarixi, Oʻzbekistonning eng tarixi fanlaridan o’quv qo’llanmalar hammuallifi.
Saydaliyeva Shodiya Usmankulovna 2022 yildan beri Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida shlab kelmoqda. U 10 yildan beri ilmiy-pedogogik faoliyat yuritib kelmoqda. Saydaliyeva Shodiya tarix va siyosatshunoslik sohalarida ilmiy izlanish olib bormoqda. Bu boradi uning 10 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan va O'zbekiston tarixi yo'nalishida o'quv qo'llanma muallifi.
Mamatov Diyor Orifovich 2018 - yildan boshlab “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida katta o’qituvchi sifatida ishlab keladi. 10 yildan oshiq mehnat faoliyatiga ega mutaxassis. Bir nechta ilmiy maqolalar va “Jahon tarixi va geografiyasi” fanidan ma’ruzalar matnini yozgan.