None

ERASMUS-EDU-2023-CBHE- Sustainable transportation within the framework of green deal (SPHERE)


Joriy yilning 9-11 iyul kunlari Sloveniyaning Maribor Universitetida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi "1011280065-ERASMUS-EDU-2023-CBHE- Sustainable transportation within the framework of green deal (SPHERE)-Yashil kelishuv doirasida barqaror transport" loyihasi bo'yicha muhim uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi "Hamkor va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida barqaror transportning asosiy masalalari" bo'lib, loyiha ishtirokchilari ushbu mavzu yuzasidan muhim muzokaralar olib bordilar.

Uchrashuvda loyiha koordinatori A.Yunusov universitetimizdagi o'quv dasturlarining tahlili bo'yicha taqdimot qildi. Ushbu taqdimotda barqaror transport tizimlarini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlar va zaruriy o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, A.Yunusov tomonidan hamkor universitetdagi ilg'or laboratoriyalar bilan yaqindan tanishib, barqaror transport masalalari bo'yicha tajribalar o'rganildi.

Bundan tashqari, loyiha doirasida bajariladigan ishlar rejasi hamda kelgusi hamkorlikning yo'nalishlari muhokama qilindi. Uchrashuv ishtirokchilari Yashil kelishuv doirasida barqaror transport tizimlarini joriy etish va rivojlantirish uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlarni belgilab oldilar.