Hurmatli talabalar diqqatiga,Universitetning ichki  tartib-qoidalarida koʻrsatilgan ayrim moddalarini sizlarga eslatib oʻtmoqchimiz

Hurmatli talabalar diqqatiga,Universitetning ichki  tartib-qoidalarida koʻrsatilgan ayrim moddalarini sizlarga eslatib oʻtmoqchimiz


6-modda. Talabalarning tashqi koʻrinishiga  qoʻyiladigan talablar.

6.1. Ayollar uchun – klassik uslubdagi kostyum, koʻylak, yubka yoki shim, mavsumiy poyabzal. Soch toza va tartib bilan oʻrilgan va yigʻishtirilgan, orasta yuz pardozi va koʻzga tashlanmaydigan rangli manikyur boʻlishi kerak. Ayollar uchun qaysi maqomda boʻlishidan va ob-havo qanday boʻlishidan qatʼiy nazar shaffof, oldi va yelka qismi katta ochiq, orqa va qorni ochiq kiyimlarda yurish taʼqiqlanadi.

6.2. Erkaklar uchun – kostyum, klassik uslubdagi bir xil rangdagi shim va koʻylak, mavsumiy poyabzal. Har doim toza, ozoda boʻlishi shart (soch toza va kaltalangan, soqol olingan boʻlishi kerak).